• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy Osiyodagi eng katta, qadimiy, sobiq va “bo‘lajak” Toshkent tramvayi tarixi yoki “velosipedni qayta kashf etish” kerakmi(di)?

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Samarqanddagi tashrifi doirasida tramvay tizimi Toshkentga qaytishini aytdi. Bundan olti yil oldin — 2016-yili yuz yillik tarixga ega Toshkent tramvayi o‘z faoliyatini to‘xtatgandi. “Daryo” Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va katta, uzoq yillar poytaxt ahliga beminnat xizmat qilgan ushbu tramvay tizimi yoki dunyo achchiq tajribasidan o‘tgan, “qoqilgan toshga ko‘rib-bilib turib yana qayta qoqilish” nechog‘lik to‘g‘ri-noto‘g‘riligiga to‘xtaladi.

    Mavzuga doir: Toshkentga qaytayotgan tramvay haqida poytaxtda yashovchilarning fikri qanday?

    Markaziy Osiyoda eng birinchi

    Toshkent tramvayining yaratilishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. 1896-yil Toshkentning rus ma’muriyati belgiyalik tadbirkor Eduard Empen bilan “Toshkent tramvayi” qurish haqida shartnoma imzolaydi. Eduard Empen jahon miqyosidagi temiryo‘l va metro qurish kompaniyasiga ega bo‘lib, Parij metropoliteni va Rossiyaning ko‘plab shaharlaridagi temiryo‘l qurilishlarida qatnashgandi.

    Toshkent konkasi

    Toshkent konkasi
    Foto: LiveJournal

    Oradan bir yil o‘tib, Toshkentdagi bir nechta ko‘cha bo‘ylab birinchi konka (otlar tortuvchi tramvay vagoni) yo‘li qurilishi boshlanadi. Keyingi yillarda ham qurilish davom ettirilib, 1912-yilga kelganda Toshkentda jami 30 ta otli tramvay vagonlari aholiga xizmat ko‘rsatadi. Tramvay deposi esa hozirgi eski shahar hududida joylashgan edi.

    Markaziy Osiyodagi ikkinchi tramvay tizimi hisoblanuvchi Olmaota tramvayi esa ancha keyinroq, 1937-yili ochiladi.

    Voronovskiy (hozirgi akademik Sulaymonova) ko‘chasida harakatlanayotgan tor yo‘lakli tramvay. 1913-yil

    Voronovskiy (hozirgi akademik Sulaymonova) ko‘chasida harakatlanayotgan tor yo‘lakli tramvay. 1913-yil
    Foto: LiveJournal

    Tor yo‘lli tramvay

    1912-yil 29-dekabr kuni Toshkentda ilk elektr tramvay yo‘li ishga tushiriladi. Ushbu tramvay yo‘li tor yo‘lakli tramvay hisoblanib, o‘sha paytlarda tramvay va temiryo‘l bir xil standartda qurilmas edi. Oktyabr inqilobidan keyin belgiyalik tadbirkorga tegishli Toshkent tramvayi milliylashtiriladi va Xalq xo‘jaligi Oliy kengashi tasarrufiga olinadi. 1918–1920-yillar oralig‘ida Toshkentda tramvay harakati to‘xtab qoladi. Faqatgina to‘rt yil o‘tib, harakat to‘la tiklanadi.

    Shayxontohur ko‘chasi. 1920-yil

    Shayxontohur ko‘chasi. 1920-yil
    Foto: LiveJournal

    1934-yili butun dunyoda bir yo‘lli va tor yo‘lakli tramvaydan voz kechilishi fonida SSSRda ham tor yo‘lakli tramvay yo‘llari temiryo‘l standartiga o‘tkazila boshlanadi. Urush yillarida Toshkent tramvayi uchun rus hududlaridan yuzlab vagonlar olib kelinadi.

    Shota Rustaveli ko‘chasi. 1930-yillar

    Shota Rustaveli ko‘chasi. 1930-yillar
    Foto: Maks Penson

    Toshkent tramvayi harakati to‘xtovsiz o‘sib boraverdi. Rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisida 27 ta yo‘nalishda harakatlanuvchi bir necha yuzdan ortiq vagonlarga ega bo‘ladi. Tramvay yo‘lining umumiy uzunligi esa 250 kilometrgacha cho‘ziladi. 1980-yillarda shaharga har yili o‘nlab Tatra T3, KTM-5 va RVZ-6 rusumidagi vagonlar muntazam ravishda yetkazib beriladi.

    Belgiya elektr jamiyati tomonidan Toshkent tramvayiga elektr yetkazib berish uchun qurilgan bino

    Belgiya elektr jamiyati tomonidan Toshkent tramvayiga elektr yetkazib berish uchun qurilgan bino
    Foto: LiveJournal

    XXI asr — Toshkent tramvayining tugash davri

    O‘zbekiston mustaqillikka erishganida so‘ng ham bir qancha vaqt yangi tramvay yo‘llari yotqiziladi, tramvay yo‘li deyarli butun Toshkentni qamrab oladi. Tramvay parklari КТМ-8М va Tatra T6B5 vagonlari bilan yangilanadi. Tramvay Toshkent shahrining o‘ziga xos belgilardan biriga aylanadi. Biroq keyinchalik yo‘nalishlarni yopish boshlab yuboriladi.

    XXI asr Toshkent tramvayining tugash davrini boshlab beradi. Dastlab birinchi depo yopiladi va hozirgi Islom Karimov ko‘chasidan o‘tuvchi tramvay liniyasi demontaj qilinadi. Shundan so‘ng birin-ketin Toshkentdagi turli tramvay yo‘nalishlari yopila boshlandi. 2007-yili 30 ta 71-619КТ vagonlari keltiriladi va ba’zi yangi yo‘nalishlar ochiladi, ammo bu yo‘nalishlar yopilishini to‘xtatmaydi.

    Toshkentning o‘ziga xos ramzlaridan biriga aylangan yashil Tatra 6B5 tramvayi 

    Toshkentning o‘ziga xos ramzlaridan biriga aylangan yashil Tatra 6B5 tramvayi 
    Foto: Trans Photo

    2008-yili birdaniga uch tramvay marshruti: 3, 6 va 29-liniyalar yopiladi. Shundan keyin shaharda 11 ta tramvay yo‘nalishi qoladi. 2015-yili mashhur 13-tramvay yo‘nalishi (Shimoliy vokzal — Qo‘yliq bozori) qisqartiriladi. 2016-yilga qadar qisqartirish va yopishlar davom etadi. Xuddi shu yili mart oyida shahar hokimi Rahmonbek Usmonov barcha tramvay yo‘nalishlarining bir oy muddatga yopilishini e’lon qiladi. 2-may kuni 17-yo‘nalishning so‘nggi vagoni depoga kirib kelishi bilan Toshkent tramvayining 115 yillik tarixi yakun topadi. Bu paytda shaharda bor-yo‘g‘i 7 ta yo‘nalish harakatda edi.

    Toshkentga yoxud O‘zbekiston shaharlariga tramvay kerakmi?

    Toshkent tramvayi sobiq SSSRdagi eng samarali tramvaylardan biri bo‘lib, kuniga yuz minglab yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Biroq Toshkent tramvayi yopilishi sabablaridan biri sifatida rasmiylar tramvay tizimining samarasizligi va shaharda avtotransport vositalari harakati ko‘payganini sabab qilib ko‘rsatadi. Tramvay liniyalari o‘rnida avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Toshkent tramvayining so‘nggi vagonlari Samarqandga olib ketiladi.

    Toshkent tramvayi yo‘nalishlari xaritasi

    Toshkent tramvayi yo‘nalishlari xaritasi
    Foto: Trans Photo
    Tramvayning qanchalik samarali yoki samarasizligini u mavjud yillarda Toshkentda yashagan insonlar yaxshi biladi. Uning avtotransport vositalari harakatiga xalal berishi ham eski gap bo‘lib, 1971-yili “Shahar avtomobillarni qabul qilishi kerak” deya dabdabali nutq so‘zlagan Fransiya prezidenti Jorj Pompiduning adashganini tarix dalillaydi. U paytlarda avtomobillar taraqqiyot, tramvay esa eskilik ramzi sifatida ko‘rilayotgandi. Qolaversa, avtomobil va avtobuslar tramvaydan farqli o‘laroq infratuzilma talab etmasdi. Natijada butun dunyo bo‘ylab tramvaylarni avtobus va trolleybuslarga almashtirish boshlanadi.

    Biroq oradan 20-30 yil o‘tib, tramvay yana qayta tug‘iladi. Bunga avtobuslar sig‘imi katta bo‘lmagani uchun yuqori yo‘lovchilar oqimiga yetarli xizmat ko‘rsata olmagani, avtobuslarning avtomobillar singari tirbandliklarida qolib ketishi, metro qurilishi esa katta mablag‘ talab etishi sabab bo‘ladi. Nisbatan kichik, yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lmagan shaharlarda metro qurish foyda emas, zarar keltiradi.

    Toshkent tramvayining so‘nggi vagoni depoga kirib kelmoqda

    Toshkent tramvayining so‘nggi vagoni depoga kirib kelmoqda
    Foto: Toshtrans

    Qolaversa, tramvay atrof-muhit uchun ham foydali bo‘lib, minglab avtobus va avtomobillar chiqaruvchi zararli tutundan xoli edi. Shuningdek, zamonaviy tramvaylarning tashkil etilishi avtomobil harakatini kamaytiradi va bo‘sh joylarni paydo qiladi (masalan bir necha ming kvadrat kilometrlik avtoturargohlarga hojat qolmaydi).

    Yevropaning eng qadimgi tramvay tizimlaridan biri bo‘lmish Nant tramvay tizimi Fransiya hukumatining yo‘llarni avtobus va avtomobillashtirish siyosati (o‘xshash vaj-karson) sabab 1958-yil yopib qo‘yiladi. Biroq tramvaylarning yangi avlodi paydo bo‘lishi va ularning shaharlarga qaytishi fransuz hukumatini ham tramvay tizimlarini tiklashga majbur qiladi. Yangilangan Nant tramvayi ikkinchi marta 1985-yili ochiladi. Tez orada tramvayning samaradorligiga amin bo‘lgan (birinchi kuniyoq o‘ttiz mingga yaqin yo‘lovchi tashiladi) hukumat butun mamlakat bo‘ylab shaharlarga tramvay tizimini qaytarishni boshlaydi. Tramvayga yangi futuristik ko‘rinish berilgan Yevropa shaharlarida ushbu transport turi yana oldingi mavqeyini tiklaydi.

    Nant tramvayi

    Nant tramvayi
    Foto: Depositphotos

    Eng qizig‘i, ushbu “achchiq tajriba” 1930–1990-yillarda ham yuz bergan bo‘lib, hukumat rahbarlari 2016-yili o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillari vaji bilan tramvay tizimini yopayotganida, butun dunyo tramvay afzalliklarini tushunib, yangi tramvay yo‘llarini ishga tushirayotgandi. Jahon tajribasi barchasini aytib turganda, rasmiylarning bunday qaror qabul qilishi kutilmagan bo‘ldi.

    Strasburg tramvayi

    Strasburg tramvayi
    Foto: Wikipedia

    Agar tramvay O‘zbekiston shaharlariga qaytsa va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, nafaqat, yo‘llardagi tirbandliklar, balki yo‘l yoqasida paydo bo‘luvchi “avtokarvon”larni ham kamaytirishi mumkin. Tramvay bugungi kunda shahar atmosferasini karbonat angidridga to‘ldirayotgan avtobus va avtomobillarga qaraganda ancha ekologik toza va qulay hamdir. Ayniqsa hozirda Toshkent metrosida kunda-kunora kuzatilayotgan nosozliklar, avtobuslar “poygalar”i va kechikishlari fonida tramvay o‘zbek shaharlari uchun ham arzon, ham qulay jamoat transportiga aylanishi mumkin. Shu bilan birga tramvay infratuzilmasi metro kabi yirik mablag‘lar ham talab etmaydi.

    12.02.2022, 19:49   Izoh (0)   43513
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.