Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari Samarqandda tirbandliklarni kamaytirish va bartaraf etish uchun ilmiy-amaliy markaz qurish kerakligini ta’kidlagan.

“Shaharda tezlikni kamaytirib, tirbandliklarni bartaraf etish kerak. Avariyalar oqibatida ko‘pgina insonlar halok bo‘lmoqda”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Samarqandda tramvay bor ekanini alohida qayd etib o‘tgan. “Tramvayni Toshkentga ham qaytarmoqchimiz. Fuqarolardan bu borada ko‘plab xatlar va murojaatlar kelyapti”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident Samarqandda yangi qurilgan yerosti tonneli, yo‘llarni ko‘zdan kechira turib, xavfsiz yo‘l, xavfsiz piyoda konsepsiyasini yaratish haqida so‘zlagan va shunday degan: “Yaqinda Toshkentda tezlik ko‘pi bilan 60 kilometr/soatgacha belgilangani haqida qaror chiqadi”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — “Beshqayrag‘och” dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopilgan va shu tariqa Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yilgandi.

2022-yilning yanvar oxirlarida telejurnalist Xayrulla Nuriddinov “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida Toshkentga tramvay qatnovini qaytarish tarafdori ekanini aytib o‘tgan edi.

“Shahar transporti mavzusi ochilganligidan foydalanib, yana bir taklifni aytmoqchiman. Aholiga qulay va sifatli transport xizmatini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish maqsadida Toshkentga tramvaylarni qaytarish kerak, menimcha. Katta va gavjum shaharga tramvay juda asqatadi. Hammamizning esimizda-ku o‘sha qulay, bejirim, bir tekisda yuradigan, muhimi, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan qadrdon tramvaylarimiz. Bilmadim, balki xato qilayotgandirman, lekin bu mening shaxsiy fikrim. Agar poytaxt mutasaddilarining o‘rnida bo‘lganimda, ana shu tashabbus bilan chiqqan bo‘lardim”, — deygandi Xayrulla Nuriddinov.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishgandi. “Menimcha” ko‘rsatuvida transport vazirining taqdimoti prezidentga ma’qul bo‘lmagani haqida so‘z borgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident 
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Mahalliy
Jizzax, Samarqand, Farg‘onada elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar ushlandi