O‘zbekiston hududiga 11—12-fevral kunlari Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, shu kunlarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
11-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida, 12-fevralda esa respublikaning qolgan hududlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin), kuchli bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)