Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatida Tataristonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki tashkil etiladi, deb xabar beradi Norma. Prezident 3-fevral kuni tegishli qarorni imzolagan.

Texnopark Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi hududining hamda “Maksam-Chirchiq” 51-son metalli natriy ishlab chiqarish sexining jami 31,24 gektar maydonida tashkil etiladi.

Ushbu texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • yuqori qiymatga ega bo‘lgan, tashqi bozorda xaridorgir va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish;
  • xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish;
  • Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash orqali mahsulot eksport salohiyatini oshirish maqsadida hududda ishlab chiqarishni kengaytirish;
  • texnopark ishtirokchilari o‘rtasida va butun respublika miqyosida mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini o‘rnatish orqali mahalliy xomashyo va materiallar asosida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
  • texnopark ishtirokchilari uchun yagona ishlab chiqarish infratuzilmasini, shuningdek, sertifikatlash, laboratoriya, kadrlar tayyorlash va boshqa zarur xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish.
Texnoparkning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi.

Texnopark hududida MIZ uchun belgilangan alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi. Bunda Soliq kodeksi va “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan soliq imtiyozlari, shuningdek, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar texnopark ishtirokchilari, direksiya va boshqaruv kompaniyasi tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan qat’i nazar, 10 yil muddatga beriladi.

Texnopark ishtirokchilariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafilliklar, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etiladi.

21-yanvar kuni Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari — sanoat va savdo vaziri Albert Karimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Chirchiqqa tashrif buyurib, ushbu texnoparkda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi