Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Lokomotiv” futbolchisi Azizbek Amonov faoliyatini “Istiqlol” klubida davom ettiradi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Lokomotiv”

Foto: “Lokomotiv”

24 yoshli yarim himoyachi Eronning 8 karra chempioni, ayni damda mamlakat chempionatida peshqadamlik qilayotgan jamoa bilan shartnoma imzolagan. Biroq shartnomaning necha yilga mo‘ljallangani haqida ma’lumot berilmagan.

Amonov “Lokomotiv” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020-yilda u “Buxoro” klubida ijara asosida to‘p surgan. 2021-yilgi mavsumni esa “Lokomotiv” jamoasida o‘tkazdi. U “temiryo‘lchilar” safida 71 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta golga mualliflik qilgan.

U O‘zbekiston terma jamoasining “Al-Vahda”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba goliga mualliflik qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi