Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreyada suratga olingan “Biz hammamiz o‘likmiz” seriali hozirgi kunda Netflix striming platformasida eng ko‘p tomosha qilinayotgan serial hisoblanadi. YesAsia nashrining yozishicha, serialdagi bosh rollardan birini ijro etgan aktyor Pak Solomon asli O‘zbekistondan.

Foto: Instagram / @lomon991111

“Biz hammamiz o‘likmiz” o‘smirlarning zombi-filmi bo‘lib,  kundan-kunga mashhurlikka erishmoqda. Serialdagi aktyorlar asosan 19—23 yoshlarda. Muxlislar ularning shaxsiy hayotlarini faol kuzatishni boshlab yuborgan, natijada serialning yulduziga aylangan aktyor O‘zbekistondan bo‘lib chiqdi.

https://www.instagram.com/p/CTT-nYTBycz/?utm_source=ig_embed&ig_rid=bf5dabcb-fd8b-4c61-a063-554385ae9c0b

Serialda Li Su Xyok rolini ijro etgan Pak Solomon 1999-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan, biroq 5-sinfda o‘qib yurganida Koreyaga ko‘chib ketgan. Hozirda u Lomon taxallusi ostida faoliyat olib boradi.  Ma’lum bo‘lishicha, Pak Solomon yaxshigina aktyorlik tajribasiga ega. U 2014-yilda “Asr kelini” va “4 afsonaviy jodugar” dramalarida debyut qilgan.

Shuningdek, u mashhur koreys va xitoy dramalarida hamda  “Qasos daftari”da Ji Xun rolini ijro etgan.

https://www.instagram.com/p/CZVhcoSBnD0/?utm_source=ig_web_copy_link

Aktyor kuzatuvchilarini nafaqat o‘zining iste’dodi, balki qiziqarli kontentlar ulashadigan Instagram sahifasi bilan ham hayratda qoldirdi.

“Biz hammamiz o‘likmiz” serialining sujeti zombiga aylanganidan keyin o‘z yaqinlari bilan kurashishga majbur bo‘lgan talabalar haqida hikoya qiladi. Tirik qolgan o‘quvchilar o‘zlarini himoya qilish uchun har tomonlama harakat qiladi, aks holda ular ham zombi talabalarning bir qismiga aylanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Yuksalish” harakati diniy materiallar tarqatganlik ayblovi bilan javobgarlikka tortilish holatlari uchrayotganiga munosabat bildirdi
Dunyo
Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi qurbonlari soni 230 kishidan oshdi (foto)
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi