O‘zbekistonga 4—7-fevral kunlari Turkmaniston hududlaridan iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi Respublika Gidrometeorologiya markazi.
Ma’lum qilinishicha, 4—6-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
- 4-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 metr/sekundgacha;
- 5—6-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18—23 metr/sekundgacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25—28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda 6—7-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.