Daryo

“O‘zgidromet” qishning oxirgi oyi qanday ob-havo bilan o‘tishini ma’lum qildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi va kunduzgi harorat 3 darajadan 15 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish179 387 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zgidromet” 2022-yilning fevrali qanday ob-havo bilan o‘tishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu oy nisbatan iliq ob-havo bilan boshlandi. Oyning birinchi 10 kunligida kechalari harorat 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat 6-8 daraja iliqdan 12-14 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

5-fevralda shimolda, 6-fevralda O‘zbekistonning qolgan hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda birinchi 10 kunlikning eng oxirida ham biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Keyinchalik Jahon prognostik markazlarining hisob-kitoblariga asoslangan holda, “O‘zgidromet”ning dastlabki bahosiga ko‘ra, havo harorati kechalari 0-5 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Hududlarning katta qismida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2-fevral kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar