Bayden ma’muriyatida AQSh iqtisodiyoti go‘yoki COVID-19 dan keyin boshqa mamlakatlarga qaraganda tezroq tiklanayotganini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar bor: ishsizlik darajasining pastligi, ish haqining oshishi, 2021-yildagi rekord darajali 6,4 mlnlik yangi ish o‘rinlari. Biroq birgina raqam har qanday g‘alabani yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Forbes USA nashri Amerika iqtisodiyoti Bayden hukumatining dastlabki davrlarida qanchalik o‘zgarganini ko‘rsatuvchi batafsil ma’lumotlarni tahlil qildi.
Inflyatsiya
Narxlarning o‘sishi Baydenning barcha iqtisodiy muvaffaqiyatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Iste’mol narxlarining 7 foizlik o‘sishi prezident xarajatlari dasturiga to‘sqinlik qilmoqda. Senator demokrat Jo Machini Baydenning 2 trln dollarlik ichki xarajatlari paketini qo‘llashni inkor qilish sababini bahona qilib, shu orqali unga qaqshatqich zarba berdi.
7 foiz – 1982-yildan beri yillik eng yuqori inflyatsiya o‘sishi ko‘rsatkichi. Respublikachilar ushbu faktdan allaqachon unumli foydalanib kelyapti. Inauguratsiyadan bir yil o‘tib, Baydenni qo‘llash darajasi tushib bormoqda.
Bayden ish haqining o‘sishida iqtisodiyotning tiklanish alomatlarini ko‘ryapti, ammo buni daromadi oldingidan nisbatan yaxshilangan, oziq-ovqat va benzinga hali-hanuz arang pul topayotgan amerikaliklar tasdiqlamasliklari mumkin.
Bundan tashqari, inflyatsiya Federal zaxira tizimini (FRS) joriy yildagi stavkalarning o‘n yildan ortiq vaqtdan keyin oshib ketgani to‘g‘risida ta’kidlashga majbur qildi.
Goldman Sachs’ning joriy yilda stavkalar to‘rt barobarga o‘sishini taxmin qilmoqda, o‘tgan haftada esa Hedge Funds asoschisi va milliarder Bill Akman FRS’ni tezkor ish ko‘rishga undayotgan ovozlarga qo‘shildi va kutilayotgandan ikki baravar ko‘p bo‘lgan 50 ta bazaviy punktga e’tiborni kuchaytirgan holda, “shov-shuv ko‘tarib bozorni titratish” kerakligini aytdi.
Mehnat bozori
Ishsizlik darajasi sezilarli darajada pasaydi, hozirda esa ko‘rsatkichlar pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri kelishini kuzatish mumkin. Baydenning hukumatga kelguniga qadar bo‘lgan ishsizlik darajasi 6,7 foiz edi, bugun esa 3,9 foizni tashkil qilmoqda.
Ish beruvchilar 10 mln yangi ish o‘rinlariga xodimlar izlashmoqda, ularning hozirgi asosiy muammosi – “rekord darajadagi ishdan bo‘shash” holatlari. Noyabr oyida 4,5 mln ishchi ishdan ketishi haqida ariza bergan, oqibatda ishdan bo‘shash holatlarining har oylik darajasi Bayden hukmronligining dastlabki davridagi 2,3 foizdan 3 foizga o‘sgan.
Odamlar bunga muammoga qaragandek munosabat bildirishmoqda, – deydi Iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi vakili Din Beyker. — O‘ylashimcha, ish beruvchilar uchun bu – muammo, ammo meni o‘z ishini tashlab, yaxshiroq ish qidirish imkoniyati bor deb hisoblaydigan ishchilar qiziqtiradi. Fikrimcha, bu ajoyib yangilik.
Energetika
Inauguratsiya kunidan beri neft narxi 62 foizga oshgan va bir barrel neft narxi 86 dollarga yetgan – bu esa 2014-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich. O‘tgan yilda yoqilg‘i shoxobchalaridagi narxlar deyarli ikki barobarga oshib, bir gallon bahosi 3,30 dollarga yetgan bo‘lsa, issiqlik ta’minoti esa o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga oshishi kutilyapti.
Iqtisodiy o‘sish
Mamlakat savdo vazirligining hisobotlariga ko‘ra, 2021-yilda AQSh yalpi ichki mahsuloti 5,7 foizga o‘sgan va 1984-yilgi YaIMga nisbatan sezilarli yillik o‘sishga aylandi, deb yozadi Bloomberg nashri.
Birgina izoh: iqtisodiyotning favqulodda o‘sishi, vaksinalar paydo bo‘lishi iste’molchilar va biznes xarajatlarining ortishiga olib kelgan davrlardagi 2021-yilning birinchi yarimidan oqsay boshladi.
Dastlabki ikki chorak davrda real yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 6 foizga oshdi, ammo 3-chorakda esa 2 foizni tashkil qildi. O‘tgan yilning mart oyida qabul qilingan va 1,9 trln dollarlik xarajatlarni ko‘zda tutgan Amerikani qutqarish rejasi kutilganchalik samara bermadi.
Amerikani qutqarish rejasi bizni bugungi kungacha ta’qib qilayotgan jiddiy siyosiy xatodir, — deydi Kongress budjet idorasining sobiq rahbari Duglas Xolts-Ikin. — Bayden ushbu rejani iqtisodiyot 6,5 foizga oshgan vaqtda imzolagan edi. Ammo bu ishni amalga oshirish uchun hech qanday sabab bo‘lmagan.
2008-yili Jon Makkeyn kompaniyasida bosh iqtisodiy maslahatchi lavozimida ishlagan Xolts-Ikin iqtisodiy qarorlari uchun Baydenga “jentlmenlarga xos” uch baho bermoqda.
Aksiyalar
2020-yilgi saylovlarda o‘z nomzodini qo‘ygan respublikachi Donald Tramp raqibi Jo Bayden g‘alaba qozonsa, fond bozori qulashi haqida ogohlantirgan edi, ammo bu bor-yo‘g‘i populizm bo‘lib chiqdi. Bayden hukmronligining birinchi yilida S&P 500 indeksi 19 foizga o‘sdi.
Ammo mamlakat rahbari o‘z raqibi kabi bu holatdan g‘ururlanmaydi. Balki, u ushbu ko‘rsatkich deyarli uning nazorati ostida emasligini yaxshi bilgani sababdir. Bundan tashqari, balki u 2022-yildagi S&P 500 holati bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni istamas. Yanvar oyida esa ko‘rsatkich 5 foizga tushishga ulgurgan.
Obligatsiyalar daromadliligi
Inflyatsiya o‘sishi va va’da qilingan foiz stavkalarining oshishi natijasida obligatsiyalarning daromadliligi pandemiyalar boshlangandan beri sezilarli yuqoriladi. Ushbu haftada ikki yillik qimmatli qog‘ozlar daromadliligi 1 foizga oshdi. Baydenning dastlabki hukmronlik davrida esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 0,13 foizni tashkil qilgan edi.
O‘n yillik qimmatli qog‘ozlar daromadliligi bu oyda faqat 31 bazaviy punktga yetdi va 1,83 foizga tenglashdi. Odatda qisqa va uzoq muddatli obligatsiyalar o‘rtasidagi kichik uzilish iqtisodiy beqarorlikdan darak beradi, biroq iqtisodchilar o‘n yillik qimmatli qog‘ozlar daromadliligi bu yilda oshib, 2 foizga yetishini kutishmoqda.
Amerikaliklar munosabati
Fond bozorining gullab-yashnashi va past ishsizlik darajasiga qaramasdan, amerikaliklar so‘nggi 10 yillikdan-da ko‘proq norozilik bildirishmoqda. Michigan universiteti tomonidan o‘tkaziladigan Iste’molchilik munosabatlarini o‘rganish bo‘yicha har oylik so‘rovnoma 2021-yilning noyabr oyida 67,4 indeksida to‘xtadi – bu 2011-yildan beri eng past natija.
Bu oyda 68,8 indeksi olingan. Bayden 2020-yilning yanvar oyida prezidentlikka saylanganida indeks 79,0 ni ko‘rsatib, dastlabki bir necha oylar davomida ham o‘sib kelgan edi. Biroq inflyatsiya, yangi COVID-19 shtammlarining paydo bo‘lishi va go‘yoki tugallanmas pandemiya iste’molchilar ishonchiga putur yetkazdi.
Kompaniyalar inqirozi
Hertz, JCPenney va Chesapeake Energy kompaniyalari 2020-yilda inqirozga uchragani haqida xabar bergan Amerikaning 7129 ta kompaniyasi qatoriga kirdi. Bu pandemiya boshlanishi va uning iqtisodiyot uchun oqibatlari bilan bog‘liq sakkiz yillik rekord ko‘rsatkich sifatida hisoblandi.
Kichik biznes hukumat xarajatlari va favqulodda olingan kreditlarni qaytarishni kechiktirish dasturlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida 2021-yilda inqirozlar sonining oshishi birdaniga qisqardi.
American Bankruptcy Institute’ning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili salkam 40 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich sifatida baholangan jami 3724 ta kompaniya inqirozlik haqida xabar bergan. 2021-yilda inqirozga uchragan korporatsiyalar orasida Belk va National Rifle Association ham bor edi.