Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Bavariya” 23-yanvar, yakshanba kuni “Herta” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 25-daqiqasida Korentin Tolisso hisobni ochdi. 45-daqiqada Tomas Myuller myunxenliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 75-daqiqada Leroy Sane, 79-daqiqada Serj Gnabri gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 80-daqiqada “Herta” safida Ekkelenkamp gol urdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolari sonini 49 taga yetkazdi va birinchi o‘rinni mustahkamladi. “Herta” esa 22 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.

Bundesliga

20-tur bahslari

23-yanvar, yakshanba

“Herta” – “Bavariya” 1:4

Gollar: 0:1 – 25 Tolisso, 0:2 – 45 Myuller, 0:3 – 75 Sane, 0:4 – 79 Gnabri, 1:4 – 80 Ekkelenkamp.

“Herta”: Shvolov, Pekarik, Boyata, Dardai (Plattenxardt, 58), Gexter, Mittelshtedt (Askasibar, 58), Darida (Berkan, 58), Tuzar, Serdar, Belfodil (Ekkelenkamp, 80), Maolida (Yovetich, 69).

“Bavariya”: Noyer, Zyule, Ernandes (Upamekano, 80), Pavar, Tolisso (Zabitser, 69), Kimmix, Myuller (Vanner, 80), Levandovski, Gnabri (Musiala, 80), Koman (Richards, 69), Sane.

Ogohlantirish: Serdar (70).

“Leypsig” – “Volfsburg” 2:0

Gollar: 1:0 – 76 Orban, 2:0 – 84 Gvardiol.