Afrika mintaqasida Jahon Chempionati—2022 saralash bosqichi pley-offiga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra, mazkur bosqichga yetib kelgan 10 ta jamoadan 5 ta juftlik hosil qilingan. Har bir juftlik g‘olibi mundial yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Misr terma jamoasi Senegal bilan bahs yuritadi. Bu “Liverpul” hujumchilari Muhammad Saloh va Sadio Manedan biri JCh—2022 da o‘ynamaydi deganidir.

Jazior Kamerunga qarshi maydonga tushsa, Gana bilan Nigeriya bilan bahs yuritadi.

Foto: FIFA

Qur’aning to‘liq ko‘rinishi bilan tanishing:

  • Misr — Senegal;
  • Kamerun — Jazoir;
  • Gana — Nigeriya;
  • Kongo DR — Marokash;
  • Mali — Tunis.

Pley-off bahslari 2022-yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi.