Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Shveysariyaning Syurix shahrida 26-noyabr kuni Yevropa mintaqasining JCh—2022 musobaqasi o‘tish bahslari yarim finallariga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra, pley-off bosqichiga yo‘l olgan 12 jamoalar A, B va C yo‘llariga bo‘lib chiqildi. Bunda jamoalar (yarim final bahsida) bittadan o‘yin o‘tkazadi, unda g‘olib bo‘lgan jamoa o‘z yo‘lidagi g‘alaba qozongan ikkinchi jamoa bilan hal qiluvchi o‘yinda (final) maydonga tushadi. O‘z yo‘llaridagi finallarda g‘alaba qozonganlar esa Jahon Chempionati yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Qayd etish kerak, Yevropa chempionatlarining so‘nggi ikki g‘olibi Italiya (2020) va Portugaliya (2016) C yo‘lidan joy oldi. Bu JCh—2022 da Italiya yoki Portugaliya qatnashmaydi deganidir.

A yo‘li

Shotlandiya — UkrainaUels — Avstriya

B yo‘li

Rossiya — PolshaShvetsiya — Chexiya

C yo‘li

Italiya — Shimoliy MakedoniyaPortugaliya — Turkiya.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Eslatib o‘tamiz, yarim final bahslari 2022-yilning 24-martida, finallar esa 29-martda bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasidagi tirbandliklar tugamoqda — OAV
Mahalliy
“Uyiga begona erkaklarni olib kelmaslik masalasida tortishgan”. Onasini o‘ldirgan buxorolik yigit voqeasining sababi ochiqlandi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga jo‘nab ketdi