Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Manchester Yunayted” 23-yanvar, shanba kuni “Vest Hem”ga qarshi bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

“Old Trafford”da o‘tgan asosiy vaqtida jamoalarning har qancha urinishiga qaramay asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Faqatgina hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Markus Reshford Edinson Kavanining uzatmasini golga aylantirib Manchester klubiga g‘alaba keltirdi.

“Qizil iblislar” ushbu g‘alabadan keyin 38 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. Hisobida 37 ochko bo‘lgan “Vest Hem” 5-pog‘onadan joy olgan.

APL

23-tur bahslari

“Manchester Yunayted” – “Vest Hem” 1:0

Gol: 1:0 – 90+3 Reshford,

“Manchester Yunayted”: De Xea, Diogu Dalot, Varan, Maguayr, Telles, Fred (Kavani, 82), Brunu Fernandesh, Maktominey, Ronaldu, Grinvud (Marsyal, 82), Elanga (Reshford, 62).

“Vest Hem”: Areolya, Soufal (Frederiks, 70), Douson, Zuma, Kressuell, Lansini, Souchek, Rays, Fornals, Antonio, Bouen.

Ogohlantirishlar: Maguayr (56), Rays (63).

“Everton” – “Aston Villa” 0:1

Gol: 0:1 – 45 Buendia.

“Lids” – “Nyukasl” 0:1

Gol: 0:1 – 75 Shelvi.

“Everton” – “Aston Villa” 0:1

Gol: 0:1 – 45 Buendia.