Toshkentning Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasida, Jomiy qurilish bozori yaqinida joylashgan omborxonada yuz bergan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tuman FVBga 17-yanvar kuni soat 10:49 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:54 da yetib borib, yong‘in soat 11:24 da qurshab olingan va soat 11:54 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida do‘konning taxminan 350 kvadrat metr maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 14-yanvar kuni Olmazor tumanida joylashgan oziq-ovqat do‘konida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etilgandi.
Izoh (0)