• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘istondagi namoyishlardan so‘ng Nazarboyevning uchinchi kuyovi ham iste’foga chiqdi

    Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi rahbari lavozimini tark etdi. Bu haqda Kulibayev palata saytiga joylangan bayonotda e’lon qilgan.

    Timur Kulibayev

    Timur Kulibayev
    Foto: “RIA Novosti”

    “Bugundan boshlab men ‘Atameken’ milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumining saylangan raisi lavozimini tark etishga qaror qildim. Milliy tadbirkorlar palatasining oliy nazorat organiga sakkiz yil rahbarlik qilish men uchun katta sharaf va mas’uliyat bo‘ldi”, — deydi Kulibayev.

    Uning ta’kidlashicha, shu vaqt ichida biznes va hukumat o‘rtasida konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgan va qulay ishbilarmonlik muhiti izchil shakllantirilgan.

    Kulibayev Nursulton Nazarboyevning o‘rtancha qizi Dinara bilan oila qurgan.

    Avval Qozog‘iston birinchi prezidentining yana ikki kuyovi neft-gaz sohasiga oid yirik kompaniyalardagi lavozimini tark etgandi. Nazarboyevning kenja qizi Aliyaning turmush o‘rtog‘i Dimash Do‘sanov “KazTransOyl” bosh direktori lavozimidan, to‘ng‘ich qizi Darig‘aning “eri” G‘ayrat Sharipbayev esa “QazaqGaz’ Milliy kompaniyasi” AJ boshqaruvi raisi lavozimidan iste’foga chiqqan.

    Ularning iste’fosi sabablariga aniqlik kiritilmagan. Bu haqda e’lon qilingan relizda ushbu qarorlar kompaniyalarning direktorlar kengashi tomonidan qabul qilingani aytilgan, xolos.

    Shuningdek, Nursulton Nazarboyevning yana bir qarindoshi iste’foga chiqqani haqida xabar berildi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nazarboyevning jiyani, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari general-leytenant Samat Abishni lavozimidan ozod etish haqidagi farmonni imzolagan.

    Avvalroq MXQ matbuot xizmati Abishning yillik ta’tilga chiqqanini, ammo o‘z lavozimida faoliyat yuritishda davom etayotganini ma’lum qilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimovga nisbatan davlatga xiyonat bo‘yicha sudga qadar tergov ishi olib borilmoqda. Masimovdan tashqari qo‘mita raisining ikki sobiq o‘rinbosari ham hibsga olingan.

    Mavzuga doir: Nur-Sultonda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigi o‘lik holda topildi. Tarazda IIV generali o‘z joniga qasd qildi

    Qozog‘istonda 2-yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular tartibsizliklarga aylandi. 4 va 5-yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatildi. Qozog‘istondagi tartibsizliklar fonida mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilingan. 6-yanvarda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonga jo‘natdi. 7-yanvarda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib tiklanganini e’lon qildi va mamlakat bo‘ylab terrorchilik xavfining yuqori darajasi joriy etildi.

    Norozilik namoyishlari fonida 5-yanvar kuni To‘qayev Nazarboyevning o‘rniga Xavfsizlik kengashini boshqarishga kirishdi. Nazarboyev umrining oxirigacha mazkur lavozim vakolatlariga ega edi. Keyinroq uning matbuot kotibi Aydos Ukibay Nazarboyev Xavfsizlik kengashi rahbarligini o‘z ixtiyori bilan topshirganini ma’lum qildi.

    17.01.2022, 13:13   Izoh (0)   29931
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina hukumat saytlariga uyushtirilgan kiberhujumga Rossiyaning aloqasini tasdiqlovchi dalillar borligini ma’lum qildi

    17.01.2022, 11:27

    Qatarda uch haftalik chaqaloq koronavirusdan vafot etdi

    17.01.2022, 10:58

    Germaniyada koronavirus cheklovlariga qarshi yana bir norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

    17.01.2022, 09:07

    Peruda ikki kishi ulkan to‘lqinlar sabab halok bo‘ldi

    17.01.2022, 08:41

    Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma’lum snaryadni uchirdi

    17.01.2022, 08:22

    Shahzoda Garri sud orqali Britaniyada o‘zi uchun politsiya himoyasini tiklamoqchi

    16.01.2022, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston va Kanada munosabatlari qayta tiklandi

    Dunyo | 19 iyun, 14:25

    Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

    Sport | 19 iyun, 14:00

    AQSH razvedkasi Eron yadroviy qurol yaratayotganiga dalillar topmadi

    Dunyo | 19 iyun, 13:56

    Putin: “Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorman” (video)

    Dunyo | 19 iyun, 13:44

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    Dunyo | 19 iyun, 13:31

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    O‘zbekistondagi 7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:22

    Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:11

    “Hech kim men nima qilishimni bilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 iyun, 13:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.