Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Toshkent tumanida jarima maydoniga joylashtirilgan Damas avtomobilini chiqarib berish evaziga pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 8-yanvar kuni tuman hududida xizmat olib borayotgan YPX katta inspektori serjant U.F haydovchi A.A boshqaruvidagi (2004-yilda tug‘ilgan) Damas rusumli transport vositasini to‘xtatib, avtomashinani tegishli hujjatlarsiz hamda avtomashina oynalarini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirgan holda boshqarib ketayotganini aniqlagan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126 va 135-moddalariga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini jarima maydoniga joylashtirilgan.

Fuqaro A.A muammo yechimining noqonuniy yo‘llarini izlab, xodimga 3 kun davomida avtomashinani jarima maydonidan chiqarish hamda ishini ijobiy hal qilib berish evaziga unga 300 dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

YPX inspektori ushbu holatda fuqaroga pora berish jinoyat ekanini tushuntirishiga qaramay, unga to‘xtovsiz pora taklif qilayotgani to‘g‘risida Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan 11-yanvar kuni soat 17:30 larda IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari, tuman prokuraturasi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, fuqaro A.A.ni YPX inspektoriga 300 dollar hisobida 3 million so‘m pulni pora sifatida berayotgan vaqtda qo‘lga olgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Namanganda YPX xodimiga pora sifatida 1000 dollar va 4 dona televizor taklif qilgan haydovchi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi