O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i Tohir Aripovga general-mayor maxsus unvoni berildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Tohir Aripov 2018-yilning 15-oktabridan beri Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda. Bunga qadar u 2017-yilning iyulidan 2018-yil mayigacha IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Bundan avval O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berilgani, mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov general-leytenant bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)