Daryo

Farg‘onada YPX inspektoriga 2 mln so‘m pora bergan haydovchi qo‘lga olindi

Haydovchi 950 ming so‘m va 100 dollarni pora tariqasida YPX xodimiga bergan vaqtida ushlangan

1 daqiqa o‘qish37 771 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatida YPX inspektoriga 2 million so‘m pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 29-iyun kuni viloyat IIB YHXB xodimi E.X. tomonidan Nexia avtomashinasini mast holda boshqargan fuqaro M.R.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomashina jarima maydonchasiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilgan.

Shundan so‘ng fuqaro M.R. Beshariq tumani IIB YHXG inspektori S.I.ga murojaat qilib, o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomani sudga yubormaslik va ijobiy hal qilib, avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 2 million so‘m pora taklif qilgan.

Inspektor fuqaroni pora berish jinoyat ekanligi haqida bir necha marotaba ogohlantirib, bu yo‘ldan qaytarishga harakat qilgan bo‘lishiga qaramay, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan. Shundan so‘ng YPX xodimi mazkur holat yuzasidan IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilishini so‘ragan.

Inspektorning bildirgisi asosida holat yuzasidan IIV O‘XB Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro M.R. 950 ming so‘m va 100 dollarni pora tariqasida YPX xodimiga bergan vaqtida ushlangan. Pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar