Qashqadaryo viloyatida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi. Viloyatning G‘uzor tumanida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida qatnashgan “Daryo” muxbiri tadbirning e’tiborga molik jihatlarini suratga oldi.

Milliy gvardiya kiyimida o‘yinga tushayotgan o‘quvchi qizlar

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Milliy gvardiya kiyimida o‘yinga tushayotgan o‘quvchi qizlar

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, tumanda bo‘lib o‘tgan Vatan himoyachilari kunida estrada xonandasi Ravshan Sobirov ham qatnashib, Vatan himoyasiga chorlovchi “Askar” qo‘shig‘ini kuylagan.

Hilpiragan O‘zbekiston bayrog‘i ostida qo‘shiq kuylayotgan Ravshan Sobirov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Harbiy kiyimda qo‘shiq kuylayotgan Ravshan Sobirov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tadbirda 2018-yilning avgust oyidan 2020-yilning aprel oyiga qadar G‘uzor tumani prokurori, 2020-yildan ayni kunga qadar tuman hokimi sifatida ishlab kelayotgan Bekzod Suyunov harbiy kiyimda ko‘rinish bergan.

Harbiy kiyimdagi G’uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Harbiy kiyimdagi hokim va Ravshan Sobirov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Vatan haqidagi, yigitlarni askarlikka chorlovchi taronalar har bir yurtdoshimiz qalbiga o‘zgacha ta’sir qiladi. Bugun o‘zimda shuni his qildim. Vatan haqidagi, vatanparvarlik haqidagi qo‘shiqlarni tinglab, O‘zbekistondek yurtda yashayotganimdan faxrlanib ketdim. Tadbirda chiqish qilgan harbiylarning epchillik bilan harakatlanishi Vatanimiz himoyasi mard, jasur o‘g‘lonlar qo‘lida ekaniga yana bir marta ishonch uyg‘otdi”, — deydi tadbirda qatnashgan bloger Umid Karimov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”