Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston yo‘llarida sodir bo‘lgan hodisalar tafsilotlarini taqdim etamiz.

Jizzaxda Gentra mast piyodani urib yubordi

2022-yil 6-yanvar kuni soat 18:50 larda Jizzax viloyati Zarbdor tumani hududidan o‘tgan A-376 Qo‘qon–Jizzax yo‘lining 274-kilometrida Gentra avtomobilida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan mast fuqaroni urib yubordi.

Oqibatda 63 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan tergov jarayonlari boshlangan.

Qarshida Damas Lacetti’ga “yetib oldi”

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

2021-yil 8-dekabr kuni soat 11:40 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Mustaqillik ko‘chasida haydovchi Sh.M. (1985-yilda tug‘ilgan) Damas avtomobilini boshqarayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda bo‘lgan YPX xodimi R.Tursunov boshqaruvidagi Lacetti avtomobilining orqa tomoniga to‘qnashib, YTH sodir etgan.

YTH oqibatida Damas avtomobilida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda ikki Nexia-3 va Matiz to‘qnashdi

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 10-yanvar kuni soat 22:20 larda Toshkent shahar Olmazor tumani Chimboy ko‘chasi 222-uy ro‘parasida Matiz va ikkita Nexia-3 ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida ikki nafar haydovchi va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda voqea joyida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Chiroqchida Nexia yonib ketdi

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

2022-yil 11-yanvar kuni soat 14:55 larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan Yettitom–G‘uzor avtomobil yo‘lining 10-kilometrida, haydovchi A.X. (1985-yilda tug‘ilgan) Nexia avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi avtomobilni zudlik bilan to‘xtatgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?