• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yunusobodda qurilish rejalashtirilgan hududdagi 4 ta qarag‘ay kesib tashlandi. Dekabrda bu yerdagi 10 ta qarag‘ay arralab ketilgandi

    10-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida noma’lum shaxslar 4 tup eldor qarag‘ayini kesib tashladi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

    Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

    2021-yil 14-dekabr kuni Amir Temur va Chinobod ko‘chalari chorrahasi yonida o‘sib turgan 18 tup daraxtning 10 tupi noma’lum shaxslar tomonidan yarmigacha arralab ketilgan edi. Hududda istiqomat qiluvchi aholining ta’kidlashicha, avvalroq ham daraxtlarni quritishga urinishlar bo‘lgan. Qurilish amalga oshishi kerak bo‘lgan hudud oldin o‘rab olingan, archalarni quritish uchun taglari kesib chiqilgan.

    Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

    Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

    Daraxtlar o‘sib turgan uchastka elektron auksionda doimiy foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorga poytaxt hokimligi tomonidan biriktirilgan.

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, auksion 2020-yilning yozida bo‘lib o‘tgan. Boshlang‘ich bahosi 168 million so‘mni tashkil etgan yer yakunda qariyb 1 milliard so‘mga sotilgan. Yer uchastkasining maydoni 115 kvadrat metr bo‘lib, hujjatlarda ofis binosi va novvoyxona qurish uchun taqdim etilgani ko‘rsatilgan.

    Foto: “Gazeta.uz” (arxiv)

    Foto: “Gazeta.uz” (arxiv)

    Uchastkaga tutash ko‘p qavatli uylar aholisi qurilishga qarshi chiqqan. Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishni rad etgan.

    Kechasi 10 tup daraxt kesilgach, ekologlar botanika bog‘i mutaxassislarini jalb qilgan holda zararlangan daraxtlarni saqlab qolish uchun agrotexnik tadbirlarni amalga oshirgan. Qarag‘ay daraxtlari tanasidagi jarohatlar davolangan va yopilgan, daraxtlar raqamlangan. Shov-shuvlarga qaramay, daraxtlarga ikkinchi marta suiqasd uyushtirilgan. Fotosuratlarga qaraganda, ba’zi daraxtlarni kesishga ulgurishmagan.

    Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

    Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

    Ekologiya davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, uchastkaga huquq egasi tadbirkor J.G. huquq-tartibot organlariga ekologlar ustidan ariza bilan murojaat qilgan. Unda aytilishicha, daraxtlarni ko‘chirib o‘tqazishdan bosh tortish uning huquqlarini buzadi. Sud uning shikoyatini qanoatlantirishni rad etgan.

    “Mazkur uchastkadagi qonun buzilishi holatlarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan to‘plangan ma’lumotlar bilan birga hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Yunusobod tuman prokuraturasiga taqdim etilgan. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda daraxtlarga zarar yetkazgan shaxslarning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

    Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

    Shu kuni tunda hodisa joyiga Ekoqo‘m raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov boshchiligidagi qo‘mita vakillari tashrif buyurdi.

    Qo‘mita bayonotida qayd etilishicha, o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan vaqtda yuz bergan bu holatni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Qo‘mita rahbariyati huquqbuzarlarga nisbatan tez kunda qat’iy choralar ko‘rilishini izchil nazorat qiladi.

    Avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda daraxtlar kesilishida hokimlikning ham aybi borligini tan olgani, Toshkentda 81 ta daraxtning kesilishiga oid tergov ishi qayta tiklangani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda daraxt kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda noqonuniy daraxt kesish holatlarini foto va videotasvirga olib jo‘natgan fuqarolarga pul to‘lanadi
    • O‘zbekistonda 2021-yilning 10 oyi davomida daraxtlarning noqonuniy kesilishidan keltirilgan zarar 10 mlrd so‘mdan oshdi

    11.01.2022, 22:42   Izoh (0)   17313
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekistondagi vaziyat Qozog‘istondagidan farq qiladi”. Xorijlik mutaxassislar Lukashenkoning fikrlari haqida

    11.01.2022, 22:11

    Toshkent kimyo-texnologiya instituti kelgusi o‘quv yilidan boshlab super-kontraktdan voz kechmoqchi

    11.01.2022, 21:41

    O‘zbekistondagi barcha xotin-qizlar “ayollar daftari”ga ro‘yxatga olinadi

    11.01.2022, 21:12

    Namangandan Rossiyaning 8 ta shahriga to‘liq ekonom formatda aviaqatnovlar amalga oshiriladi

    11.01.2022, 20:06

    Buxoroda shifokor 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    11.01.2022, 19:59

    O‘zbekistonda barcha qo‘ng‘iroqlar yozib olinib, ijtimoiy tarmoqlar nazorat qilinishi haqidagi xabarga raddiya berildi

    11.01.2022, 19:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.