Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston yo‘llarida so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tafsilotlarini taqdim etamiz.

Jizzaxda Nexia piyodani urib ketdi

2022-yil 6-yanvar kuni soat 18:00 larda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi 4R-42 avtomobil yo‘lida fuqaro Nexia avtomobilini boshqarib borayotib yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani (1983-yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Navoiyda “Jiguli” yonib ketdi

2022-yilning 10-yanvar kuni soat 13:50 da Karmana tumani “Qahramon” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 168-kilometrida harakatlanib ketayotgan N.Z.ga (1993-yilda tug‘ilgan) tegishli “VAZ-2106” avtomobilining dvigatel qismida yong‘in chiqib salon qismiga ham o‘tgan.

Tuman FVB xodimlari yong‘inga 14:07da yetib borib, 14:10da o‘chirgan. Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘indan jarohatlanganlar yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
Instagram: Avariyaga uchragan Tal’at Yo‘ldoshev, Dubayga ketgan Lola, kasal bo‘lib qolgan Zohirshoh