• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    2020-yil boshidan buyon dengiz orqali yuk tashish narxi 7 barobar oshdi

    Yuk tashish narxi 2020-yil boshiga nisbatan 7 barobar, yetkazib berish muddati esa to‘rt—olti barobar oshgan. Bundan tashqari, pandemiya boshlanganidan so‘ng dunyoning yirik transport kompaniyalari kemalar turib qolishi, ish tartibining buzilishi va yuklarni yetkazib berishning kechikishi holatlarini qayd etdi. Bu munosabat bilan yuk egalari muqobil yo‘nalishlarga o‘tishga harakat qilar edi. Shu jumladan, Uzoq Sharq portlari orqali.

    Yuzaga kelgan vaziyat, tabiiyki, O‘zbekistonning dengizga chiqadigan o‘z yo‘li yo‘qligi bilan bog‘liq muammolarni sezilarli darajada murakkablashtirdi. Yuk tashish narxlarining oshishi hamda tovar va xomashyolarni yetkazib berish muddatlarining uzayishi mamlakatning deyarli barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatdi, lekin iste’molchiga eng ko‘p ta’sir qilgani — avtomobilsozlik sohasi bo‘ldi.

    “O‘zavtosanoat” matbuot xizmatining xabar berishicha, agar 2019-yilda avtomobil uskunalarining konteyner orqali yetkazib berilishini kutish muddati 30—40 kun oralig‘ini tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda Janubiy Koreya, Xitoy va Rossiyadagi dengiz portlari yuklamasining ortib ketishi oqibatida ushbu muddat 6 oygacha cho‘zilmoqda. Shu bilan birga nimanidir oldindan aytish yoki prognozlash imkoniyati mavjud emas. Boshqacha aytganda, xuddi shu tanqis yarimo‘tkazgichlar endi noma’lum muddatga kechikib ham kelmoqda. Qolaversa, bu tariflarda ham aks etdi: agar 2020-yilda bir konteynerni Koreyadan O‘zbekistonga olib kelishning o‘rtacha narxi 4,5 ming dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bugun u 14 ming dollarga yetdi.

    To‘rtinchi chorak boshidan dunyoning eng yirik portlari konteyner aylanmasi sekinlasha boshlaganiga qaramay, konteyner orqali yuk tashish sohasidagi xizmatlar tanqisligi inqirozi to‘xtagani yo‘q. Yirik portlarda yuk kemalarining uzun navbatlari to‘planib, yetkazib berish zanjirlarini uzmoqda. Ishlab chiqaruvchi va reteylerlar narxlarning o‘sishi, tovarlar tanqisligidan ogohlantirmoqda. Ba’zi yirik kompaniyalar esa hatto qoplarda yuk tashishga o‘tishmoqda.

    Logistik aloqalar izdan chiqishining dastlabki belgilari 2020-yilning ikkinchi yarmidayoq, jahon iqtisodiyoti pandemiya sababli yuzaga kelgan o‘tkir inqiroz bosqichidan chiqa boshlagan vaqtda ko‘zga tashlandi. Ekspertlar ushbu noxushliklarning asl sababi sifatida AQShda aholi va biznesning davlat tomonidan mislsiz darajada moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi sharoitida iste’molchilar talablarining ortib ketishini ko‘rsatishmoqda.

    Ichki taklif bilan ta’minlanmagan talab importning keskin oshishi ko‘rinishida aks-sado berdi. Bu o‘z navbatida, avvalo, Xitoy va AQShdan konteyner orqali yuk tashishning birdaniga ortib ketishiga sabab bo‘ldi.

    Dengizda konteyner orqali yuk tashish sohasi pandemiyagacha ham zaxira quvvatlarisiz ishlar edi va xalqaro yuk tashishga bo‘lgan ehtiyojning ortishi fraxtlar narxining ko‘tarilishini keltirib chiqardi — kemada yuk tashish kompaniyalari xizmatlarining narxi 7 marotabadan ko‘proqqa oshdi. Bundan tashqari, eksportni kengaytirish orqali xitoyliklar importni qisqartirdi, oqibatda AQShda ko‘p miqdorda yuk tashuvchilarga qaytarish foydasiz bo‘lgan bo‘sh konteynerlar yig‘ilib qoldi, bu esa bo‘sh konteynerlar ijarasi narxlarining haddan tashqari ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ldi.

    Osiyo—Amerika yo‘nalishida yuklar transportirovkasi narxining qimmatlashishi hamda konteynerlar tanqisligi oqibatida konteyner tashuvchilar va erkin konteynerlar boshqa yo‘nalishlardan keta boshladi. Buning natijasida inqiroz asta-sekinlik bilan butun dunyodagi logistik zanjirlar bo‘ylab tarqalib, tovarlar harakatlanishini sekinlashtirdi.

    Dengiz orqali yuk tashishning qimmatligi Xitoydan Yevropaga qatnovchi trasport oqimini Rossiya transport infrastrukturasiga yo‘naltirdi. Oqibatda Rossiyada ko‘proq foyda keltiruvchi tranzit yuk tashish boshqa davlatlarga (xususan, O‘zbekistonga ham) xizmat ko‘rsatishni ikkinchi planga surib qo‘ydi va bu Uzoq Sharq porti orqali xomashyo va tovarlarni yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi.

    Reklama huquqi asosida.

    10.01.2022, 18:00   Izoh (0)   35854
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hoziroq Rossiyaning zamonaviy, xaridorgir Ballu isitkichiga buyurtma bering va hayratda qoling

    10.01.2022, 12:00

    AgroZamin — agrobiznes uchun mo‘ljallangan elektron savdo maydonchasi

    10.01.2022, 09:00

    UZTELECOM’ning yangi abonenti sifatida “Yangi yil” aksiyasi bo‘yicha arzon narxlarda chiroyli raqam sohibi bo‘lishga shoshiling!

    08.01.2022, 18:00

    Yangi yilni yangi texnika bilan boshlang: Texnomart’da 5 ta aksiya amal qilmoqda

    07.01.2022, 15:00

    Innovatsion dori vositalari va ularning kasallik oqibatlariga ta’siri

    07.01.2022, 12:00

    FMO va “Ipak yo‘li” banki O‘zbekistonda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln AQSh dollarlik kredit shartnomasini imzoladi

    07.01.2022, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda bir necha bor pora olgan bojxona inspektori qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 12:57

    Pokistonda musson yomg‘irlari sabab so‘nggi 24 soat ichida 63 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 18 iyul, 12:53

    Jazirama kunlarda qanday tavsiyalarga amal qilish lozim?

    Maslahatlar | 18 iyul, 12:43

    Tahlil: Toshkentning qaysi tumanlaridan uyni arzonroq olish mumkin?

    O‘zbekiston | 18 iyul, 12:40

    AirPods uslubidagi ryukzak taqdim etildi

    Layfstayl | 18 iyul, 12:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.