Buxoro viloyati Vobkent tumanida kanalga tushib ketgan Cobalt avtomobili maxsus texnikalar yordamida chiqarib olindi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 26-dekabr kuni tuman FVBga Cobalt avtomobil haydovchisi I.X. (1997-yilda tug‘ilgan) rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida Shohrud kanaliga tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
“Voqea joyiga zudlik bilan tuman FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmat xodimlari yetib kelgan. Maxsus texnika yordamida transport vositasi kanaldan olib chiqilgan”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Buxoroda Matiz boshqaruvni yo‘qotib, oqar suvga tushib ketishi oqibatida haydovchi vafot etgani, Farg‘onada “Jiguli”ning kanalga tushib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)