• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi kosmetika sexidan Shveysariyadagi kelajak shokoladlari fabrikasigacha. O‘zbekistonlik yigit qanday qilib Yevropadagi istiqbolli kompaniyaga ishga kirdi?

    O‘zbekiston, AQSh va dunyo haqida yoshlar uchun qiziq mavzularni yorituvchi “Dengiz ortidan” kanalida Shveysariyaning Syurix shahridagi istiqbolli startap — QOA kompaniyasi texnologlaridan biri Jaloliddin Xushvaqtov bilan suhbat o‘tkazdik. Ikki soatli gurung davomida o‘zimiz uchun quyidagi hayotiy hikoyani kashf qildik.

    Foto: Instagram / @khushvakov_j

    Foto: Instagram / @khushvakov_j

    Toshkentdagi maktablarning birida o‘qiydigan 14 yoshli Jaloliddin oilaviy tanishi orqali kosmetika zavodiga aylanishga boradi. U yerdagi g‘aroyib jarayon, buyoqlar va shampunlar ustida qilingan tajribani yaqindan kuzatish maktab o‘quvchisi uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi. Uni konveyerlar va laboratoriya anjomlari orasida kezdirgan zavod texnologi ko‘p tillarni bilar, dunyoning turli mamlakatlariga sayohat qilgan, o‘qimishli yigit edi. Ana shundan keyin qahramonimiz “texnolog bo‘laman” degan orzu va qiziqish bilan yashay boshlaydi. Aniq va tabiiy fanlarni yaxshi o‘qib, Toshkentdagi eng nufuzli, xalq tilida “Sirojiddinov” deb ataladigan litseyga kiradi.

    Taqdir taqozosi bilan litsey yillarida O‘zbekiston kimyo bo‘yicha katta voqea — 47- Mendeleyev olimpiadasiga mezbonlik qiladi. O‘z litseydoshlarining ushbu musobaqadagi ajoyib ko‘rsatkichlarini yaqqol ko‘rib turgani Jaloliddinning kimyoga bo‘lgan qiziqishiga “katalizator” bo‘ladi. O‘qish bo‘yicha uning e’tibori “moddalarning xossalari va xatti-harakatlari”ni o‘rganish va keyingi Mendeleyev olimpiadasiga qaratiladi. Bir necha oy uning o‘qish stoli ustida muqovasiga kolba chizilgan kitoblar, turli formula va masalalar yozilgan daftar va qoralamalarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.

    Va nihoyat u o‘quvchilar orasidagi olimpiadaning tuman bosqichida birinchilikni olib, shahar bosqichiga boradigan bo‘ladi. Ammo, afsuski, bu safar barcha qatnashchilarning ko‘z oldida nohaqliklar kuzatiladi. Katta olimpiada sari yo‘li shu yerda to‘xtagan Jaloliddin tushkunlikka tushadi, “bir yil davomida, toki universitet imtihonlariga tayyorlangunimgacha kimyoni umuman o‘qimay qo‘ydim, chunki ko‘nglim sovib ketgandi”, deydi u.

    Universitet tanloviga kelganda ro‘yxat boshiga Inha universiteti chiqadi, ammo oilaviy maslahatlashuv, ota ko‘rsatmasi bilan Jaloliddin o‘zining kimyo bo‘yicha bazasiga tayanib, O‘zMU “ximfak”iga hujjat topshirishga qaror oladi. Ikki oy repititorga qatnab mamlakatdagi eng yaxshi kimyo maktabiga davlat granti asosida o‘qishga kirgan qahramonimiz universitet yillarida ham bir nechta olimpiadalarda yutib, munosib “kambek”ni amalga oshiradi.

    O‘sha yillari sobiq prezident Karimov vafotidan keyin ochilgan yangi fond ilm-fanni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan grantlarni bera boshlaydi. Shunda yosh kimyogarimiz avval mahalliy talabalar stipendiyasini, keyin esa Yevropaga o‘qishga borish xarajatlarini qoplaydigan rag‘batlovni yutib oladi.

    Zavodga buyurilgan ilk tashrif, orzu uchqunidan 10 yil (!) o‘tib 2019-yilda Jaloliddin Xushvaqtov Jeneva universiteti kimyo yo‘nalishi magistratura bosqichi talabasiga aylanadi. Texnologlik! Ana shu ishtiyoq uni Jenevadagina qolib o‘qiyvermay, Shveysariyaning EPFL universiteti, Daniyaning Kopengagen universiteti, keyinchalik esa Syurix amaliy fanlar universitetiga borishga yetaklaydi.

    Foto: Jaloliddin Xushvaqtovning shaxsiy arxividan

    Foto: Jaloliddin Xushvaqtovning shaxsiy arxividan

    Xususan, tolibi ilm Kopengagen universitetida o‘zbekistonlik professor Bekzod Hakimov bilan echki suti va paxta yog‘i bo‘yicha ilmiy tekshirish ishlarida ishtirok etadi. Shu yili Stenford universitetida doktorligini qilgan olim boshchiligidagi tadqiqotlar natijalari dunyodagi eng obro‘li Angewandte Chemie jurnalida e’lon qilinadi. Maqola mualliflari ro‘yxatida birinchi bo‘lib Jaloliddin Xushvaqtov degan ism, keyin “doktor” unvonlari bilan qo‘shilib kelgan inglizcha va fransuzcha familiyalar o‘rin oladi.

    Biz Jaloliddin bilan suhbatlashgan paytimiz u o‘zi uchun eng qiziqarli ish bilan shug‘ullanayotganidan mamnun. Hozir u o‘z izlanishlarini dunyodagi eng qimmat va ilm-fan kuchaygan shaharlardan biri Syurixda davom ettirmoqda. O‘zi o‘qiyotgan Syurix amaliy fanlar universiteti laboratoriyasidan foydalanadigan startap QOA 2021-yili AQSh va Yevropadagi biznes “farishta”lardan bir necha million dollar sarmoya olgan. Ayni damda qahramonimiz shu istiqbolli jamoa bilan ishlayapti.

    QOA’ning missiyasi — bir gramm ham kakao qo‘shmasdan shokolad ishlab chiqarish. Undan: “Boshqa qiladigan ishinglar yo‘qmi? Bu nimasi endi, kakaosiz ham shokolad bo‘larkanmi”, deb so‘raganimizda, respondentimizdan qiziqarli qilmas javobni oldik:

    “Bugun dunyoda odamlar qayerdan kelganini o‘ylamay ham yeydigani shokoladlar uchun kakaoning katta qismi Janubiy Afrikada yetishtiriladi. Kakaoning kelajagi bir nechta sababga ko‘ra mavhum, mos ravishda, shuning uchun ham sanoatning bu yo‘nalishi barqaror emas.

    Avvalo, iqlim o‘zgarishi va o‘rmon yong‘inlari kakao plantatsiyalariga ta’sir o‘tkazayapti. Ikkinchidan, kakao yetishtirishda majburiy mehnat, ayniqsa bolalar mehnati holatlari uchraydi. Gana va Kot-d’Ivuarda og‘ir dala ishlari uchun odamlar o‘ta qashshoqlik uchun belgilangan kuniga 1,25 dollarlik chegaradan ham kam (mos ravishda 50 va 84 sent) haq oladi. Bundan tashqari, kakaosiz shokolad bugun xos odamlar va veganlar uchun qimmat lazzat bo‘lsa ham, kelajakda kakaosiz shokolad kakaoligidan arzon ham bo‘lishi kutilayapti.

    Shularning barini hisobga olsak, kelajakda ikki xil shokoladlar bo‘ladi. Mazasi va teksturasi bilan bugungi shokoladlardan farqsiz, ammo kakaodan ayri xomashyolardan tayyorlangan ommaviy iste’moldagi mahsulotlar va kamyobroq hamda qimmatroq bo‘lgan an’anaviy shokoladlar”.

    Uning barqaror rivojlanish bilan bog‘liq kompaniyadagi faoliyati, 20—30 yildan keyingi oziq-ovqat sanoati haqidagi fikrlarini eshita turib, “Shveysariyada Alp tog‘lariga ham bordingizmi?”, degan o‘rinsiz savolni beramiz. Butun Shveysariya bo‘ylab sayohat qilish imkoniyati bo‘lganini aytaturib, “Alp tog‘lari derazamdan ko‘rinadi-ku”, deydi u.

    Foto: Instagram / @khushvakov_j

    Foto: Instagram / @khushvakov_j

    Yevropaning o‘zida kerakli mutaxassis bo‘lib borayotgan bo‘lsa-da, Jaloliddin o‘z sohasini yaxshi egallab, O‘zbekistonga naf keltirish niyatida.

    Kimyogar qahramonimiz hikoyasidan katta bir xulosa shuki, u o‘smirligida qo‘yilgan va vaqtida, ehtimol, tengdoshlari uchun imkonsiz tuyulgan maqsadi sari to‘xtovsiz va murosasiz intilgan. Bu yo‘lda turli to‘siq va chalg‘ituvchi narsalarga e’tibor bermagan.

    06.01.2022, 06:00   Izoh (0)   31200
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.