O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash maqsadida zamonaviy kommunikatsion dasturlar hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratadi. Bu haqda “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasida so‘z boradi.
Xususan, unga ko‘ra 2022-yil dekabrga qadar milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish ishlari olib boriladi. Bunda:
- sohaning yetuk mutaxassislari va yirik tadbirkorlarni milliy kommunikatsiya platformalarini yaratishga jalb qilish;
- ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashning zamonaviy talablariga mos dasturiy ta’minot va texnik vositalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, milliy kommunikatsiya platformalarini aholi orasida ommalashtiriladi. Bunda:
- milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni zamonaviy dizayn hamda texnik talablar asosida yangilab borishni yo‘lga qo‘yiladi;
- aholi o‘rtasida milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni targ‘iboti bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi;
- fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlanadi.
Mavzuga doir: TikTok'da o‘zbek tili paydo bo‘lishi va platforma milliy qadriyatlarga moslanishi mumkin
Iyul oyiga kelib O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2-iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi. Keyinchalik “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qildi.