• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qizil” pasport kerak emas, bilet 150 ming so‘m, 40 daqiqada manzildasiz. So‘xga uyushtirilgan aviasayohatdan reportaj

    Transport vazirligi 2021-yilning 11-dekabr kuni Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona–So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi. 12-dekabr kuni mazkur aviakompaniyaga qarashli An-2P samolyoti Farg‘ona xalqaro aeroportidan So‘xga birinchi qatnovini amalga oshirdi.

    Foto: “Daryo”

    “12-dekabr kunidan boshlab Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona—So‘x—Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun Farg‘ona xalqaro aeroportida ham, So‘x aerodromida ham puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Parvozlar dastlabki bosqichda dushanba va juma kunlari, Farg‘ona—So‘x yo‘nalishida soat 10:00 da, So‘x—Farg‘ona yo‘nalishida esa soat 12:00 da amalga oshiriladi. Parvozlar davomiyligi 30—40 daqiqa. Kelgusida talabga qarab reyslar sonini oshirishni rejalashtirganmiz.

    Yo‘lovchilar chiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlaridan, So‘xda esa tuman hokimligi binosidan xarid qilishlari mumkin. Parvozlar uchun aviakompaniyamizga qarashli bitta An-2P yo‘lovchi tashish samolyoti ajratilib, ushbu yo‘nalishga tajribali uchuvchilar jalb qilingan. Samolyot 10 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Bir tomonga uchish narxi 150 ming so‘m qilib belgilangan.

    Foto: “Daryo”

    2021-yilning 13-dekabr, dushanba kuniga rejalashtirilgan dastlabki reys noqulay ob-havo sharoiti tufayli amalga oshirilmadi. Farg‘onadagi uchuvchilarimiz So‘xda havo yaxshi emasligini, bunday vaziyatda parvoz qilib bo‘lmasligini aytishgani uchun shunday qarorga kelindi. So‘x o‘ziga xos iqlim sharoitiga ega tog‘li hudud, shuning uchun ko‘p narsa u yerdagi ob-havoga bog‘liq”, — deydi Humo Air aviakompaniyasi rahbari Bekbo‘lat Ro‘zmetov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbirlari ham Farg‘ona—So‘x—Farg‘ona yo‘nalishining ilk mahalliy yo‘lovchilari qatorida O‘zbekistonning eng katta anklav hududiga parvoz qilib, jarayondan fotoreportaj tayyorladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Chiptalarni Farg‘ona xalqaro aeroportiga qarashli aviakassadan xarid qilish mumkin. Narxi — bir tomon uchun 150 ming so‘m. Farg‘ona–So‘x yo‘nalishi uchun sotilayotgan chiptalar boshqalaridan farqlanadi: qog‘oz blankaga ma’lumotlar qo‘lyozma shaklida kiritilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aviakassa xodimlari Humo Air aviakompaniyasi ichki reyslarni amalga oshirgani uchun hali xalqaro tizimga ulanmaganini, shu sababdan chiptalarning elektron sotuvi yo‘lga qo‘yilmaganini ma’lum qilishdi.

    Foto: “Daryo”

    Aviachiptalarni xarid qilish va So‘xga havo yo‘li orqali borish uchun “qizil”, ya’ni xorijga chiqish biometrik pasporti talab qilinmaydi. Pasport olish yoshiga yetmagan bolalar tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma bilan ham uchishlari mumkin. So‘xga avtomashinada borish-kelish uchun esa chegara postlarida bolalardan ham xorijga chiqish biometrik pasporti talab qilinadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Soat 10:00 ga belgilangan parvoz texnik sabablarga ko‘ra bir soatga kechiktirildi. Shu vaqt oralig‘ida ilk parvozda bizga hamrohlik qilayotgan so‘xlik yurtdoshlarimizning fikrlari bilan qiziqdik.

    Aminjon Nishonov.

    Aminjon Nishonov.
    Foto: “Daryo”

    “So‘x tumanining Sarikanda qishlog‘idanman. Onam, farzandlarim, qarindoshlarim o‘sha yerda yashashadi. O‘zim uzoq yillardan beri Rossiyada ishlayman. Qirg‘iz chegarasidan o‘tkazishmagani uchun 11 yildan beri So‘xga, tug‘ilgan qishlog‘imga bora olmayman. Har safar Farg‘onaga kelaman. Yaqinlarim — onam, farzandlarim, ukalarim, singillarim ham meni ko‘rish uchun So‘xdan Farg‘onaga kelishadi. Ular bilan shu yerda ko‘rishib, yana Rossiyaga qaytib ketaman. Shuncha odam bitta men uchun ovora bo‘lar edi.

    Foto: “Daryo”

    Yillab musofir yurtlarda yurib, qishlog‘imni, yaqinlarimni sog‘inib, minglab kilometr yo‘l bosib kelardimu, lekin uyimga bora olmasdim. Bu sinovlar qachongacha davom etishini ham bilmasdim, ochig‘i, ota uyimga borishdan umidimni uzgandim. Oxirgi marta So‘xga 2010-yilda borganman. Oradan deyarli 12 yil o‘tdi, mana, shuncha yildan keyin birinchi marta So‘xga ketayapman. Samolyot qo‘yilganini eshitdimu, narsalarimni yig‘ishtirib, kelaverdim. Xudo xohlasa, So‘xga borib, katta ish boshlayman, birorta sohaga investitsiya kiritib, tadbirkorlik qilaman”, — deydi Aminjon Nishonov.

    Foto: “Daryo”

    Bortiga 11 nafar yo‘lovchini olgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:15 da Farg‘ona xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilib, soat 11:55 da So‘xdagi aerodromga kelib qo‘ndi. Samolyot tuman rasmiylari, jurnalist va blogerlar, mahalliy aholi hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

    “Farg‘ona—So‘x—Farg‘ona yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi tumanimiz aholisi uchun juda katta qulaylik bo‘ldi. So‘xda tug‘ilib o‘sgan, keyinchalik boshqa davlatlar fuqaroligini ham olgan tumandoshlarimiz uzoq yillardan beri o‘z uylariga kelish-ketish imkoniyatidan mahrum edi. Hatto, xonadonlarida ta’ziya, to‘y yoki boshqa xursandchilik marosimlari bo‘lsa ham kela olishmasdi. Prezidentimizga rahmat, shunday qulay sharoitlar yaratildi. Barcha so‘xliklar bundan juda minnatdor. Chegara postlaridan o‘tmasdan, uzoq navbatlarda turmasdan, chiptani olib, yarim soatda So‘xga yetib keldik.

    Foto: “Daryo”

    Ilgari Farg‘onaga mashinada borib-kelishda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelardik. Misol uchun, O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston chegara postlarida ‘svet’ o‘chib qolsa, 5—6 soatgacha navbatda qolib ketardik. Ayrim hollarda qirg‘iz chegarachilari ta’magirlik qilib, pul so‘rardi, u hujjating yo‘q, bu hujjating yo‘q, deb kamchilik topishga urinardi. Endi bu muammolarga chek qo‘yildi, samolyotda hech qanday qiyinchiliklarsiz Farg‘onaga yetib olishimiz mumkin. Uch soatlik yo‘limiz yarim soatga qisqardi. Bu, ayniqsa, yosh bolalar, bemorlar va keksalar uchun ayni muddao bo‘ldi”, — deydi “Sarikanda” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Subhonali Nishonov.

    Subhonali Nishonov.

    Subhonali Nishonov.
    Foto: “Daryo”

    Eksklav hudud hisoblanadigan So‘x tumani aholisi shu paytgacha avtotransportda Farg‘onaga kelish uchun “qizil”, ya’ni xorijga chiqish biometrik pasporti bilan Qirg‘iziston chegara hududini kesib o‘tar edi. Endilikda aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi sababli yo‘lovchilar “yashil”, ya’ni oddiy fuqarolik pasporti yoki ID-karta bilan So‘xga parvoz qilishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    “Bugun Farg‘ona xalqaro aeroportidan So‘xga 11 nafar yo‘lovchini olib keldik. Parvoz muvaffaqiyatli o‘tdi, hech qanday ko‘ngilsiz vaziyatlar kuzatilmadi. 10—15 daqiqadan keyin yana 10 kishini olib Farg‘onaga uchib ketamiz. Farg‘ona—So‘x—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha hozircha haftasiga ikki kun — dushanba va juma kunlari reyslar qo‘yilgan. Talabga qarab reyslar soni yana oshiriladi. Ob-havo yaxshi bo‘lsa, bir kunda to‘rt martagacha parvoz qilishi mumkin.

    So‘x xalqida samolyotda uchishga talab bor. Agar ular yerusti transporti bilan yurishsa, chegara postlaridan o‘tib, Farg‘onaga borish uchun bir kun vaqt sarflashadi. Samolyot bilan borilsa, atigi 40 daqiqa vaqt ketadi. Farg‘ona aeroportidan ertalab soat 10:00 da uchgan samolyot 10:40 da So‘xga kelib qo‘nadi”, — deydi Humo Air aviakompaniyasining havo kemasi komandiri Javohir Marupov.

    Foto: “Daryo”

    Humo Air aviakompaniyasining So‘x tumanidagi vakili Abdufatto Abdufattoyevning ma’lum qilishicha, So‘xda ham chiptalar sotuvi boshlangan.

    Foto: “Daryo”

    “Chiptalarni sotishni boshladik. Farg‘onadan So‘xga samolyotda keluvchilar juda ko‘p, qaytishga esa talabgorlar biroz kamroq. Samolyotda, asosan, Farg‘onada davolanish uchun yo‘llanma olgan bemorlar va ularga hamrohlik qilayotgan yaqinlari, shuningdek, shoshilinch ishi bor odamlar uchyapti. Qolganlar hozircha mashinada borishni afzal ko‘ryapti. Chunki, chipta narxi mahalliy aholi uchun biroz qimmatlik qilyapti. Hozirgi kunda Farg‘onaga mashinada borish bir kishi uchun 25—35 ming so‘m atrofida. Chiptalar narxini arzonlashtirish masalasini aytganmiz, natijasini kutyapmiz. Subsidiya ajratilsa, narxlar yana arzonlashishi mumkin”, — deydi Abdufatto Abdufattoyev.

    Ma’lum qilinishicha, Prezidentning “2020—2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Moliya vazirligi Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanishini va kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlashi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Foto: “Daryo”

    So‘x tumani hokimligi va Humo Air aviakompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, hali aviaqatnovlar uchun qachon va qanday tartibda subsidiya ajratilishi ma’lum qilinmagan. Agar subsidiya ajratilsa, chiptalar arzonlashishi, Prezident qarorida aytilganidek, aholi uchun maqbul narxlarda sotuvga chiqarilishi mumkin.

    80 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi So‘x anklav hudud hisoblanib, tumanga faqat Qirg‘izistonning Botken viloyati orqali boriladi. 2013-yil yanvar oyida sodir bo‘lgan voqealar oqibatida So‘x tumaniga olib boruvchi Rishton yo‘li yopilib, “Vodil” posti yagona qatnov yo‘li hisoblanardi. So‘x tumani aholisi 8 yildan ortiq vaqt davomida viloyat markaziga kelish uchun soatlab vaqt sarflayotgan edi.

    Foto: “Daryo”

    Rishton—So‘x marshruti hududlarni bog‘lovchi qisqa yo‘l hisoblanadi. 29 kilometrlik bu yo‘l yopiqligi sabab so‘xliklar viloyat markaziga borish uchun 120 kilometr masofani bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Rishton—So‘x yo‘lining ochilishi natijasida Farg‘onaga olib boruvchi yo‘l qariyb 90 kilometrga qisqardi. 2021-yil 1-aprel kuni Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Rishton” va “Tul” chegara bojxona postlari barcha fuqarolar hamda yengil avtomashinalar harakati uchun to‘liq ochilgan.

    Prezidentning 2020-yilning 8-avgustda qabul qilingan “2020—2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi tashkil etilishi belgilangan edi. Parvozlar uchun An samolyotlari va Mi-8 vertolyotlaridan foydalanish rejalashtirilgandi.

    Ushbu qarorga asosan, So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Navobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi tashkil etildi. Uchish-qo‘nish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metr bo‘lgan mazkur aerodrom qurilishi uchun qariyb 7 gektar yer maydoni ajratilgan.

    Foto: “Daryo”

    Qurilish ishlari uchun 6,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, kutish zali, ovqatlanish shoxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini o‘zida qamrab olgan zamonaviy majmua bunyod etilgan.

    Oktabr o‘rtalarida Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida aerodrom qurilishi yakunlangani, yaqin kunlarda sinov uchishlari amalga oshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 1-noyabr kuni Humo Air aviakompaniyasiga qarashli An-2P yo‘lovchi tashish samolyotida So‘xdagi yangi aerodromda ilk sinov parvozi amalga oshirilgandi.

    Foto: “Daryo”

    Shu kunning o‘zida samolyot yetti nafar so‘xlik fuqaroni olib, Farg‘onaga qaytdi.

    05.01.2022, 14:26   Izoh (0)   132322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz bozorini tartibga soluvchi mustaqil organ tashkil qilinadi

    05.01.2022, 13:50

    O‘zbekistonda “zagranpasport”ni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish yo‘lga qo‘yildi

    05.01.2022, 12:52

    Chimyonda dam oluvchilar e’tirozlariga sabab bo‘lgan qo‘lbola to‘siqlar nima maqsadda qo‘yilganiga izoh berildi

    05.01.2022, 12:24

    Rossiyadan Tojikistonga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

    05.01.2022, 12:13

    “O‘zgidromet” 6-yanvarda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    05.01.2022, 11:56

    O‘zbekistondan Aqtauga muntazam parvozlar bekor qilindi

    05.01.2022, 11:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.