• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda qiymati salkam 3,5 mlrd dollarlik Uzbekistan GTL zavodining ishga tushirilishi boshlanadi

    Qashqadaryo viloyatida 25-dekabr kuni sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha Uzbekistan GTL zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati. Bu yerda yiliga umumiy qiymati 1 milliard dollar yoki 12,8 trillion so‘mdan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolari ishlab chiqariladi.

    Foto: Telegram / @Press_Secretary_Uz

    Foto: Telegram / @Press_Secretary_Uz

    Bu kabi yirik loyihalar tufayli O‘zbekiston bosqichma-bosqich tabiiy gaz xom ashyosi eksportidan voz kechib, neft mahsulotlari importini kamaytirmoqda. “Bu esa, energetik mustaqilligimizni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shilayotganidan dalolat beradi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

    Ta’kidlanishicha, UzGTL majmuasi — innovatsion ishlab chiqarish namunasidir. Shuningdek, MDH hududidagi eng zamonaviy va innovatsiyalardan biri bu — korxonaning markaziy boshqaruv pulti va zavod markaziy laboratoriyasidir.

    Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan ortiqcha bug‘ hisobiga elektr energiyasi avtonom tarzda ishlab chiqariladigan Uzbekistan GTL zavodini elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi ham innovatsion tarzda hal qilindi. Shunday qilib, korxona nafaqat o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini mustaqil ravishda ishlab chiqaradi, balki zarur hollarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining qo‘shimcha hajmini milliy elektr tarmoqlariga ham yetkazib beradi.

    GTL texnologiyasini tanlash nafaqat bugungi kunda butun dunyoda talab qilinadigan bunday sintetik suyuq yoqilg‘ining import o‘rnini bosish bilan, balki mahsulotlarning ekologik jihatdan tozaligi bilan ham bog‘liqdir. Dizel dvigatelli avtomobillarda 100 foiz GTL yoqilg‘isidan foydalanish chiqindilarni kamaytirish orqali havo sifatini yaxshilash yordam beradi. GTL yoqilg‘isi deyarli zaharli chiqindilarsiz yonadi, karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga munosib hissa qo‘shadi.

    Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalar asosida qayta ishlangan gazdan zamonaviy yuqori sifatli UzGTL mahsulotlari ishlab chiqariladi. Chunki xom-ashyo sifatida tabiiy gazdan etan, propan, butan kabi komponentlarni chiqarish orqali turli polimer mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida qayta tozalangan tabiiy gazning bir qismidan foydalanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

    Shu bilan birga, UzGTL zavodida ishlab chiqarilgan nafta polimer mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish obyektlariga qayta ishlash uchun yuboriladi va shu orqali yagona neft-gaz-kimyo klasteri yaratiladi.

    UzGTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasi yaratilishida Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsøe (Daniya), Chevron (AQSh) va Honeywell kabi yetakchi kompaniyalarning ilg‘or texnologik yechimlaridan foydalanilgan.

    UzGTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish majmuasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz qayta ishlanadi, undan yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonna kerosin, 724 ming tonna sintetik dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz kabi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

    Yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan UzGTL mahsulotlari birinchi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga, xususan, dizel yoqilg‘isi va kerosinga, shuningdek, suyultirilgan gazga bo‘lgan ichki ehtiyojini qoplash uchun yetkazib beriladi. Qolaversa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifatli bo‘lgani uchun eksport qilish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.

    UzGTL zavodi O‘zbekistonda uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning namunasi va mamlakat neft-kimyo sanoatining rivojlanish sur’atlarining bir ko‘rsatkichi hisoblanadi.

    Foto: Telegram / @Press_Secretary_Uz

    Foto: Telegram / @Press_Secretary_Uz

    Ma’lumot uchun, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha GTL loyihasining umumiy qiymati 3,42 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. GTL loyihasini moliyalashtirishda Xitoy Davlat taraqqiyot banki (CDB), Koreya eksport-import banki (KEXIM), Koreya savdo va sug‘urta korporatsiyasi (K-SURE), “Gazprombank”, “Roseksimbank”, Rossiya eksport kreditlarini sug‘urtalash agentligi (EKSAR), Credit Suisse, MUFG, Mizuho, Woori Bank, SMBC kabi xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. Loyihaning bosh pudratchisi — Hyundai Engineering, Hyundai Engineering and Construction (Janubiy Koreya) va Enter Engineering (Singapur) konsorsiumi hisoblanadi.

    25.12.2021, 11:07   Izoh (0)   28156
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev G‘uzordagi Uzbekistan GTL zavodini ishga tushirish marosimida ishtirok etadi

    25.12.2021, 10:48

    Qarshidagi zapravkalarda Ai-80 benzinining nomi va narxi bor, ammo o‘zi yo‘q. “O‘zbekneftgaz” mas’ullari esa buni inkor etmoqda

    25.12.2021, 10:34

    Toshkentdagi 3 ta masjidda fuqarolarning telefoni va pullarini o‘g‘irlagan xavfli retsidivist 7 yilga qamaldi

    25.12.2021, 10:13

    O‘zbekistonda 2022-yil bahor mavsumida 125 mln dona ko‘chat ekiladi

    25.12.2021, 09:33

    Buxoro viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilardan 914,4 mln so‘mni noqonuniy yig‘moqchi bo‘lgani aniqlandi

    25.12.2021, 08:31

    Britaniyaning Metito kompaniyasi Namanganda 90 mln dollarlik kanalizatsiya quradi

    25.12.2021, 08:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.