Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Filippinda kuzatilgan Rai tayfuni oqibatida halok bo‘lganlar soni 208 kishiga, bedarak yo‘qolganlar soni esa 52 kishiga yetdi. Shuningdek, kamida 239 kishi jarohat olgan. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: “Report.az”

Foto: “Report.az”

19-dekabr kuni tabiiy ofat qurbonlari soni 75 kishiga yetgani aytilgandi. Keyinroq mahalliy Manila Bulletin gazetasi halok bo‘lganlar soni 169 nafarni tashkil etayotgani haqida yozdi. Eng ko‘p qurbonlar Markaziy Visayi viloyatida qayd etilgan — u yerda 129 kishi halok bo‘lgan va 100 dan ortiq odam jarohat olgan. G‘arbiy Visayida esa 22 kishi halok bo‘lgan. Qolgan qurbonlar — mamlakatning boshqa uch viloyatidan.

Boxol orolidagi viloyat gubernatori Artur Yap eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlarga harbiylar, politsiyachilar, qirg‘oq qo‘riqlov va o‘t o‘chirish xizmatlari xodimlari yuborilganini ma’lum qildi. Filippin Harbiy-dengiz kuchlari kemasi gumanitar yordam bilan Boxolga yo‘l olgan.

Rai tayfuni Tinch okeanining g‘arbiy qismida shakllangan. Sharqiy Visayi rasmiylari tabiiy ofatga qadar 82 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Filippinda aprel oyida Surigay tayfuni sodir bo‘lib, 60 ming kishi evakuatsiya qilingandi. O‘shanda shamol tezligi 195 kilometr soatga yetib, uylarning tomini vayron qilgan va daraxtlarni qo‘porib tashlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Xodim o‘zini qurbon qilib, ayolning hayotini saqlab qolgan”. IIV profilaktika inspektori vafoti yuzasidan tasdiqlanmagan xabarlar tarqatmaslikni so‘radi
Mahalliy
Tarix — ozodlik uchun yo‘l. Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatiga nazar (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi