So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda davlat dasturlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha shtablar tuziladi

    13.12.2021, 15:21 21497

    Davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qarorga muvofiq, 2022-yildan boshlab har yili:

    • 1-aprelgacha joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holati, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvi, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha keng jamoatchilik fikri o‘rganiladi;
    • 1-maygacha loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar buyurtmachilar kesimida shakllantiriladi;
    • yil yakunigacha kelgusi yillar uchun dastur tasdiqlanib, unga kiritilgan loyihalar bo‘yicha tanlov (tender)lar e’lon qilinadi. Bunda, dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilmagan loyihalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    2022-yil 1-yanvardan konsolidatsiyalashgan budjet mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
    • moliyalashtirish manbai aniq bo‘lmaganda;
    • loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud bo‘lmaganda yoki ular qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlanganda, ya’ni parallel ravishda olib borilganda;
    • pudratchi (loyihachi) tashkilotlar tanlov (tender) o‘tkazilmasdan tanlab olinganda.
    Qarorga ko‘ra, Davlat dasturlari shakllantirilishi va ijro etilishini, shuningdek, ushbu dasturlar doirasida mablag‘lar maqsadli ishlatilishini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi. Bunda Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi, hududiy shtablar hamda tuman (shahar) shtablari tuziladi.

    Loyihalar tashabbuskorlari faoliyatida “Budjet nazorati” elektron dasturidan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Qarorga ko‘ra, Bosh prokuratura tuzilmasida Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi tashkil etiladi.

    Shuningdek, xatlovdan o‘tkazilgan obyektlarning, shu jumladan, kadastr raqami hamda pasportini o‘z ichiga olgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimi yaratiladi. 2022-yil 1-iyungacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa sohalar uchun yangi zamonaviy idoraviy qurilish normalari joriy etiladi.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi”ni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergani, O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘lishi belgilangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi uchun 2022-yilda 16 trln so‘m ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev
    • O‘zbekistonda 2022-yilda 500 ming gektardan ziyod tomorqadan samarali foydalanish uchun 100 million dollar ajratiladi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Soyadagi odamlar: “Oilamdagilar kasbimdan uyalishgan” — chiptachi ayol hikoyasi (foto, video)

    Bugun, 00:34

    APL. “Tottenhem” 2 kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Liverpul”ni yengdi, “Arsenal” raqibini tor-mor etdi, Manchester klublarida mag‘lubiyat (video)

    Bugun, 00:21

    Bundesliga. “Bavariya” safarda “Leypsig” bilan durang o‘ynadi

    Kecha, 23:45

    La Liga. “Real” safarda “Jirona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Kecha, 23:26

    Andijonda Matiz yonib ketdi (video)

    Kecha, 22:46

    O‘zbekistonda bir oyda davlat xaridlarini amalga oshirishda 15 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi

    Kecha, 21:52

    Toshkentda daraxt kesgan erkak 11 mln so‘m jarimaga tortildi

    Kecha, 20:40

    Sergelidagi portlash sodir bo‘lgan omborda kimyoviy vositalar saqlangani aytilmoqda

    Kecha, 20:17

    Turkmanistonda 10 mlrd dollarlik qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda

    Kecha, 20:00

    UzCarlsberg ikki yildan beri World Drinks Awards medallarini qo‘lga kiritib kelmoqda

    Kecha, 19:30
    Reklama

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh miqdori 4 ming dollar bo‘lgan soha haqida ma’lumot berildi

    19:00 / 30.09.2023

    Toshkentda 15 yoshli qiz vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini ma’lum qildi

    15:00 / 30.09.2023

    Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 43 yoshida vafot etdi

    15:00 / 30.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga “An-Nassr” g‘alaba qozondi (video)

    00:00 / 30.09.2023

    Sergelidagi favqulodda hodisadan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 

    10:00 / 30.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.