O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Markaziy bank 9-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,46 so‘mga ko‘tarilib, 10 782,24 so‘mni tashkil qildi. Yevro 7,49 so‘mga pastlab, 12 159,13 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 5,56 so‘mga pastlab, 10 769,78 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar chiqarilishi kutilmoqda
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar