Markaziy bank 7-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Nigora A’loyeva

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 5,56 so‘mga pastlab, 10 769,78 so‘mni tashkil qildi. Yevro 7,36 so‘mga pastlab, 12 166,62 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 10 775,34 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.