Markaziy bank 6-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,07 so‘mga ko‘tarilib, 10 775,34 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,03 so‘mga pastlab, 12 173,98 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 6,22 so‘mga pastlab, 10 760,27 so‘mni tashkil qilgandi. Ushbu valyutaning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi. O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.