“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
11:41, 03.12.2021 30055

“Istanbullik kelin” yulduzi — Asli Enver nima uchun seriallarda suratga tushmayotgani haqida gapirdi

Turk aktrisasi Asli Enver o‘zbek muxlislariga “Istanbullik kelin” serialidagi roli bilan yaxshi tanish. 2021-yilda aktrisa “Vavilon” nomli loyihada ishtirok etgan. Shundan keyin esa ko‘rinish bermay qolgan.

Foto: Hurriyet

Sal avvalroq Meksikada dam olgan yulduz, ta’tilini davom ettirmoqchi va hozircha ssenariylar bilan tanishish niyati yo‘q. “Pandemiya boshlanganida suratga tushmaslikka qaror qilganman. Netflix ayni vaqtda ustida ishlayotgan bir loyiha istisno bo‘lgan. Ammo teleseriallar ssenariysi bilan tanishayotganim yo‘q. Men vaziyatga juda ham jiddiy munosabatdaman va pandemiyani hali tugamagan, deb hisoblayman. Suratga tushmaganimning sababi – pandemiya. Matbuotda meni aktrisalikni tark etdi deb yozishmoqda, ammo bu yolg‘on”, — degan u.

Shuningdek, aktrisa ssenariylar bilan Yangi yildan keyin tanishmoqchi ekanini, ishga butkul 2022-yil bahor yoki yozda kirishmoqchi ekanini qo‘shimcha qilgan.