KXDRning ballistik raketalar va boshqa qurollarni ishlab chiqarish dasturlari mintaqadagi vaziyatni yanada beqarorlashtiradi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Seulda Janubiy koreyalik hamkasbi So Uk bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “RIA Novosti”

Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, AQSh va Janubiy Koreya “KXDR mintaqaviy xavfsizlikni tobora beqarorlashtiruvchi ballistik raketalar va qurollarni ishlab chiqishni davom etayotgani borasidagi qo‘shma bahosini yana bir bor tasdiqlagan”.

Ostinning Qo‘shma Shtatlar Koreya yarimorolining to‘liq yadrosizlanishiga erishishning eng yaxshi yo‘li KXDRga nisbatan diplomatik yondashuv deb hisoblashini yana bir bor eslatib o‘tgan. “Biz Koreya yarimorolining to‘liq denuklearizatsiyasiga intilmoqdamiz. Va biz ushbu maqsadga erishishning eng yaxshi yo‘li sifatida KXDR bilan diplomatik aloqalar uchun sinalgan va amaliy yondashuv deya hisoblaymiz”, — deydi u. Pentagon rahbari Amerika tomoni ushbu masalada Janubiy Koreya bilan konsultatsiyani davom ettirishini ma’lum qilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington va Seul “KXDRga nisbatan diplomatik yondashuvga sodiq qoladi”. “Biz KXDRni dialogga chaqirishni davom etamiz”, — deydi Ostin.

Pentagon rahbaari o‘zining Suelga tashrifini “juda samarali” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Janubiy Koreya “mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash yo‘llarini o‘rganish va harbiy salohiyatni oshirishga kelishib olgan”.

Avvalroq Janubiy Koreya Kim Chen Inning Koreyalararo urush tugagani haqidagi deklaratsiyani tilga olishini yuqori baholagani, AQSh KXDRga nisbatan dushmanlik niyati yo‘qligini ma’lum qilgani, Shimoliy Koreya suvosti kemasi uchun mo‘ljallangan ballistik raketani sinagan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.