• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turk lirasining kursi bir oy ichida 40 foizga, bir yilda deyarli ikki baravarga tushdi

    30-noyabr kungi birja savdolarida Turkiya lirasining dollarga nisbatan kursi rekord darajada pasayib, 1 dollar uchun 13,7 lirani tashkil etdi. Umuman olganda, noyabr oyida turk valyutasi o‘z qiymatining qariyb 40 foizini yo‘qotdi, yil boshidan beri esa deyarli ikki baravar qadrsizlandi, deb yozmoqda Meduza.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sentabr boshida ham bir dollar sakkiz liradan sal ko‘proqqa teng bo‘lgan. Valyuta kursining pasayishiga Turkiya Markaziy banki foiz stavkasini uch marta pasaytirgani sabab deb aytilmoqda — buning natijasida kurs 19 foizdan 15 foizga tushib ketgan. Turkiyada stavkalarni pasaytirishning asosiy tarafdori — mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on. Markaziy bank rasmiy ravishda mustaqil muassasa bo‘lsa-da, Erdo‘g‘on unga kuchli ta’sir o‘tkaza oladi.

    So‘nggi ikki yil ichida Turkiya prezidenti Markaziy bankning uch nafar rahbarini ishdan bo‘shatdi. Oxirgi marta bank rahbari mart oyida almashtirilgan, prezident o‘sha paytda stavkani 17 foizdan 19 foizga oshirgan Markaziy bank rahbari Naji Agbalni lavozimidan ozod qilgandi. Agbal ishdan olinishi bilan turk lirasi keskin qadrsizlana boshladi. Markaziy bankning yangi rahbariyati stavkani pasaytirishga kirishdi. Buning uchun Erdo‘g‘on uni alqadi, biroq investorlar prezidentning fikrini ma’qullamadi. 23-noyabr kuni Erdo‘g‘on stavkalarni pasaytirish davom etishiga ishonch bildirganidan so‘ng bir necha soat ichida turk lirasi 15 foizga tushib ketdi.

    Past foiz stavkasi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi tufayli Erdo‘g‘on uni qo‘llab-quvvatlaydi. Turkiya prezidenti shuningdek, bu inflyatsiyani ushlab turishga yordam beryapti, deb hisoblaydi, vaholanki bu fikr unchalik ham to‘g‘ri emas. Aksincha past foiz stavkasining hissasi bilan iqtisodiyot va daromadlarning o‘sishi aholini ko‘proq mablag‘ sarflashga undaydi, biznes esa talab o‘sib borayotgan sharoitda narxlarni oshiradi.

    Aynan Erdo‘g‘onning pul-kredit siyosatiga oid irratsional qarashlari va Markaziy bank mustaqilligiga ishonmaslik investorlarning turk lirasidan voz kechishiga olib keldi. Bloomberg nashrining qayd etishicha, 2020-yilgi koronavirus inqirozidan keyin boshlangan global iqtisodiy o‘sish fonida dunyoning aksariyat mamlakatlari yuqori inflyatsiyaning tezlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun pul-kredit siyosatini qat’iylashtirmoqda – Turkiya hukumatining teskari harakatlari esa investorlar hafsalasini pir qildi. Ular kelajakda Turkiya Markaziy bankining xatti-harakatlari oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada og‘ir oqibatlarga olib kelishidan va yuqori inflyatsiya tufayli (yil oxirida 20 foizga yetishi kutilmoqda) liradagi aktivlar qadrsizlanishidan xavfsiramoqda.

    Foiz stavkasining tushirilishi Turkiyaning o‘zida ham keskin tanqidlarga uchramoqda. 23-noyabr kuni valyuta kursining rekord darajada pasayishi ortidan yirik shaharlarda yuzlab odamlar ko‘chalarga chiqib, prezidentning iste’fosini talab qildi. Muxolifatchi partiyalar Erdo‘g‘onni layoqatsizlikda ayblab, muddatidan oldin saylov o‘tkazishni talab qilmoqda. Prezidentning o‘zi esa liraning qadrsizlanishida “tashqi kuchlar”ni ayblagan.

    Lira kursining keskin pasayishi yaqin yillar hisobida birinchi marta yuz beryotgani yo‘q. 2018- yilda sakkiz oy ichida valyuta kursi 75 foizga — bir dollar uchun 3,70 dan 6,50 liragacha tushib ketgan. Bu AQSh bilan ziddiyat fonida yuz bergan — Amerika Turkiya rasmiylariga qarshi sanksiyalar joriy etgan va turk metallariga nisbatan bojlarni oshirgan edi. Ammo u vaqtda ichki omillar ham yo‘q emasdi: o‘shanda lira kursining tushishiga inflyatsiya va Markaziy bankka ishonchsizlik ham sabab bo‘lgan.

    Mavzuga doir:

    • Erdo‘g‘onning xatti-harakatlaridan keyin turk lirasi yana qadrsizlanishni boshladi
    • Turk lirasining devalvatsiyasi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

    02.12.2021, 10:38   Izoh (0)   14673
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bloomberg dunyoning eng obro‘li insonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Navalniy ham bor

    02.12.2021, 09:49

    Germaniyaning Myunxen shahridagi qurilish maydonchasida Ikkinchi jahon urushidan qolgan aviabomba portladi

    02.12.2021, 09:01

    Reuters: Xitoy Indoneziyani bahsli suv hududida neft-gaz qazishni to‘xtatishga chaqirdi

    02.12.2021, 08:16

    Mask dvigatel ishlab chiqarishdagi muammolar tufayli SpaceX bankrotga uchrashi mumkinligini bildirdi

    01.12.2021, 23:29

    CNN boshlovchisi Kris Kuomo ishdan chetlatildi. U akasi — shilqimlikda ayblangan Nyu-York sobiq gubernatoriga yordam bergan

    01.12.2021, 22:12

    “Kasallikning birinchi yili 6 marta o‘z jonimga qasd qilishga uringanman”. OIV va OITS bemorlarining real hikoyalari

    01.12.2021, 21:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.