30-noyabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Asaka tumani “Otish” mahallasida yashovchi Rustamjon ota xonadonida pishgan qulupnay.
Foto: Andijon viloyati hokimligi
Sergeli tumanidagi 5-metro bekati kassasi yonida onasining chek olishini kutib turgan opa-uka.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Koronavirusning avvalgi shtammlaridan ko‘ra yuqumli bo‘lishi mumkin bo‘lgan “omikron” shtammi birinchi marta Janubiy Afrikada bir hafta oldin aniqlangan edi. Shundan so‘ng u bir necha mamlakatlarda ham aniqlandi. Suratda: Niqob taqib futbol o‘ynayotgan Janubiy afrikalik bolalar.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: “Chernyayevka”ning qаrsildoq, qiltanog‘i kam, faqat buxanka bilan yeyiladigan baliqlari haqida reportaj
Sergeli metro bekatlaridan birida stansiyani tomosha qilib ketayotgan bolakay.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
1-dekabrdan boshlab Hindistonda koronavirusning “omikron” shtammi tufayli mamlakatga kelayotgan xorijiy sayyohlar uchun yangi qoidalar kuchga kiradi.
Foto: “TASS”
Mavzuga doir: Qozog‘iston koronavirusning yangi shtammi tufayli mamlakatga kirish tartiblarini kuchaytiradi
Meksikalik rassom Anna Tereza Fernandes “Birga chizilgan” instalyasiyasining bir qismi bo‘lgan “Kumush chiziq” ustida ishlamoqda.
Foto: EPA
Politsiya xodimi Dehlida Hindistonning asosiy muxolif Kongress partiyasi tarafdorlarini to‘xtatishga harakat qilmoqda.
Foto: Reuters
Hirotdagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi oldida tashkil etilgan qochqinlar lagerida choy tayyorlayotgan oila.
Foto: AP Photo
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Sahroda yog‘gan qor, archalar bilan bezatilgan Oq uy, chegaralarni qayta yopayotgan “omikron”. 29-noyabr suratlari
- Misrdagi Sfinkslar xiyoboni, Nyu-Yorkda uchib yurgan dinozavr, “Boyqo‘ng‘ir”dan parvoz qilgan raketa. 26-noyabr suratlari
- Maradona xotirasiga hurmat, Nyu-Yorkda shukronalik paradi, ilon bilan do‘stlashgan qiz. 25-noyabr suratlari
- Shahar markaziga o‘rnatilgan archa, vaksina flakonlari bilan bezatilgan xona, Yerni asteroidlardan himoya qiluvchi texnologiya. 24-noyabr suratlari
- Mirziyoyevdan choyxona so‘ragan otaxon, Quddusdan topilgan 2 ming yillik tanga, Qohiradagi avtomobillar chiqindixonasi. 23-noyabr suratlari
- Oq ayiqlar jangi, Xitoyda kuzatilayotgan xavfli darajadagi sovuq, futbol ko‘rayotgan qizlar. 22-noyabr suratlari
- Poygachi itlar, noan’anaviy tarzda vaksina olayotgan bola, pul olish uchun navbatga turgan afg‘on ayollari. Hafta suratlari