O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 25-noyabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Bangkokdagi uy hayvonlari ko‘rgazmasida oq pitonni ushlab turgan qiz.

Foto: AFP

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6-yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchisi xizmat transport vositasini ko‘zdan kechirmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xitoy uzoq vaqt davomida koronavirusga nisbatan “nol bardoshlik” siyosatiga amal qilmoqchi.

Foto: Getty Images

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi tug‘ruqxonaga farzandli bo‘lgan hamkasbini ko‘rishga ketayotgan ayol.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Rossiyaning Kuzbass viloyatidagi “Listvyajnaya” ko‘mir konidagi ventilyatsiya nosozlik yuzaga keldi. Voqea sodir bo‘lgan paytda konda 285 nafar konchi bo‘lgan, ulardan 230 dan ortig‘i yer yuzasiga chiqarilgan. Favqulodda hodisa natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, 46 kishi shaxtada qolmoqda. Qutqaruv operatsiyasi portlash xavfi tufayli to‘xtatilgan.

Foto: “TASS”

“Amir Temur” metro bekatidagi vestibyuldan qo‘ltiqtayoqda tushayotgan otaxon.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzaraximova

Vindzor qal’asiga Rojdestvo archasi o‘rnatildi.

Foto: “TASS”

Toshkent markazidagi ko‘p qavatli uylar orasidan qayta ishlanuvchi chiqindilarni yig‘ib yurgan odamlar.

Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

Muzlagan atirgul. Manchester

Foto: Reuters

Shotlandiya balet raqqosi Xaver Andreu The Dome barida Qarsildoq ertagidagi kalamushlar qiroli rolida.

Foto: The Guardian

Paltosi ostiga bolasini o‘rab olgan yo‘lovchi Nyu-Yorkning Penn vokzaliga yetib keldi. Taxminan 53,4 million kishi shukronalik kuni munosabati bilan AQSh bo‘ylab sayohat qiladi.

Foto: Getty Images

Nyu-Yorkning Oltinchi avenyu ko‘chasida Macy’ning Shukrona kuni paradida namoyish etilgan “Qo‘pol yigit” nomli shar.

Foto: AP Photo

Talabalar Fidel Kastro vafotining besh yilligini nishonlamoqda.

Foto: Reuters

Italiyada taksichilarning umummilliy ish tashlashi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Getty Images

Gonkongda Bryus Li haykali rekonstruksiyadan so‘ng ochildi.

Foto: “TASS”

Fransiya qirg‘oqlarida muhojirlarni olib ketayotgan qayiqning qulashi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi.

Foto: EPA

Neapol ahli afsonaviy futbolchi Diego Maradona vafotining bir yilligi munosabati bilan uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Foto: EPA

Yaponiya mudofaa kuchlari bo‘linmalari Tanegasima oroli hududida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Nyu-Yorkda Shukronalik kuni munosabati bilan an’anaviy Meysi kuni paradi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Londondagi Christie’s auksion uyida rus san’ati asarlarining press-shousi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Kashmirning tuman bilan qoplangan markazida o‘tlab yurgan qo‘ylar.

Foto: Getty Images