• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Film suratga olish jarayonlarida vafot etgan yulduzlar (foto)

    Mazkur aktyorlar suratga olish jarayonida vafot etgan, ammo ular ishtirokidagi filmlar ekran yuzini ko‘rishga ulgurgan.

    Pol Uoker — “Forsaj-7: Tezlik ishtiyoqi”

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Pol Uoker karyerasini reklama va teleseriallarda suratga tushishdan boshlagan, ammo haqiqiy mashhurlikka “Forsaj” filmidagi politsiyachi Brayan Konner roli orqali erishgan. Aktyor 2013-yil 30-noyabr kuni do‘sti Rojer Rodas bilan xayriya tadbiridan qaytayotganda avtohalokatga uchragan. Rojer boshqaruvni yo‘qotib qo‘yishi natijasida mashina yonib ketgan. Ikkala do‘st ham voqea joyida vafot etgan: Pol Uoker 40 yoshda bo‘lgan.

    O‘sha paytda aktyor “Forsaj” filmining yettinchi qismida rol o‘ynayotgan edi. Uning o‘limi butun guruhga qattiq zarba bo‘ldi: deyarli 15 yil davomida bu film ustida birgalikda ishlagan jamoadagilar yaqin do‘stlarga aylanishgandi.

    Filipp Seymur-Xoffman – “Ochlar o‘yini: I va II qism”

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Aktyor Nyu-Yorkdagi o‘z uyida katta dozada qabul qilingan giyohvand modda oqibatida vafot etgan. Bungacha u “Ochlar o‘yini” filmining bir necha sahnalarida Plutarx obrazida suratga tushishga ulgurgan. Uning o‘limi barcha uchun kutilmagan hol bo‘lgan. Ertasi kuni aksariyat Amerika gazetalarida ta’ziyanomalar nashr etilgan.

    46 yoshli Xoffmanning o‘spirin paytidayoq giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan, ammo u 25 yil davomida bu illat kurashgan. O‘limidan 8 oy oldin Filipp reabilitatsiya kursidan o‘tganini va alkogollarning anonim jamiyatida ishtirok etayotganini tan olgan. O‘sha vaqtlarda uning karyerasi gullab-yashnagan davr edi: Aktyorning “Usta” va “Eng xavfli odam” (vafotidan keyin ekran yuzini ko‘rgan) filmlaridagi roli tanqidchilar va tomoshabinlar hayratiga sazovor bo‘lgan.

    Afsuski, u “Ochlar o‘yini” filmining eng hissiyotli sahnasini o‘ynashga ulgurmadi. Filipp Xoffman filmning suratga olish ishlari tugashidan bir hafta oldin vafot etdi.

    Kori Monteyt — Glee seriali

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    31 yoshli kanadalik aktyor va musiqachining o‘zi yoshligidan giyohvandlikka qaram bo‘lganini tan olgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan uch oy oldin u yana reabilitatsiya markaziga murojaat qilgan. 2013-yil 13-iyulda u Vankuverdagi mehmonxonadan toksik dori va spirtli ichimlikdan zaharlanish tashxisi bilan o‘lik holda topilgan.

    U karyerasining eng omadli davrida vafot etdi: Glee serialidagi obrazi barchaning sevimli qahramoniga aylandi. Shaxsiy hayotida ham u baxtli edi — bir yildan ko‘proq vaqt davomida u o‘sha loyihadagi sherigi Liya Mikel bilan uchrashib yurgandi. Tez orada qiz o‘zining birinchi musiqiy albomini chiqardi va qo‘shiqlaridan birini Kori xotirasiga bag‘ishladi.

    Xit Lejer – “Doktor Parnassning tasavvurlari”

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    “Yomg‘irli dovon” romanining qahramoni nomi bilan atalgan avstraliyalik 2008-yil 22-yanvarda juda ko‘p uyqu dorisi qabul qilishi oqibatida vafot etgan. U 28 yoshda bo‘lgan.

    O‘sha paytda u “Qora ritsar” filmidagi yovuz Joker obrazi ustidagi ishini yakunlagan edi. Shu sababli Lejer tarixda vafotidan keyin Oskar olgan ikkinchi aktyor bo‘ldi. Ammo “Doktor Parnassning tasavvurlari” fantastik filmidagi Toni rolini tugatishga ulgurmadi. Keyinchalik mazkur obrazni turli xil sahnalarda uning eng yaqin do‘stlari: Jonni Depp, Kolin Farrell va Jud Lou ijro etgan.

    Oliver Rid — “Gladiator”

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Rejissor Ridli Skot aktyorni kinodagi 10 yillik tanaffusiga qaramay, filmdagi Proksimo roliga taklif qilgan. Ammo 61 yoshli aktyor suratga olish jarayonlarining so‘ngigacha ishlay olmadi.

    Bir kuni kechqurun suratga olish joyi bo‘lgan Maltadagi bir pabda aktyor 12 hissalik rom, sakkiz shisha pivo va yarim shisha viski ichib, armrestlingda Britaniya dengiz flotining bir necha dengizchisini mag‘lub etadi. Keyin to‘satdan u yurak xurujidan yiqilib, o‘sha joyning o‘zida vafot etadi. Uning o‘limidan so‘ng ushbu pivoxona juda mashhur bo‘lib ketadi va “Ollining so‘nggi pabi” nomini oladi. Ridli Skott esa “Gladiator”da Rid obrazini kompyuter effektlari yordamida yakunlaydi.

    River Feniks — “Yomon qon”

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Aktyor Xoakin Feniksning akasi 23 yoshida Jonni Depp o‘zining musiqiy guruhi bilan tashrif buyurgan tungi klubda yuqori dozadagi giyohvand modda sababli vafot etgan. Shundan so‘ng 1993-yilda “Yomon qon” filmi e’tibordan chetda qolib ketgan.

    Ammo 2012-yilda rejissor Jorj Slaser filmning juda ko‘p kadrlarini yo‘q qilish rejalashtirilganidan xabar topgach, filmni tahrir qilib, kadr ortidagi ovoz bilan ta’minlaydi va turli kinofestivallarda namoyish etdi.

    Bryus Li — “Ajal o‘yini”

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Jang san’ati ustasi 32 yoshida miya shishi tashxisi bilan vafot etgan. Uning Gonkongda ommaviy motamga aylangan dafn marosimidan olingan kadrlar Lining so‘nggi filmi — “Ajal o‘yini”ga ham kiritilgan. Bu ko‘rinish film qahramoni Billi Louning dafn marosimi sifatida namoyish etilgan.

    Brendon Li — “Quzg‘un”

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Bryus Lining o‘g‘li “Quzg‘un” komiks-filmining so‘nggi sahnasini suratga olish jarayonida o‘ldirilgan. Ssenariyga ko‘ra, dushmanlardan biri uni otib tashlashi kerak bo‘lgan. Ammo o‘sha vaqtda pistoletdan bo‘sh o‘q bilan birga temir tiqin uchib chiqib, uning oshqozonini teshganini hech kim sezmay qolgan. 28 yoshli aktyor juda ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan. Brendon otasining yoniga dafn etilgan. Uning onasi Linda ishiga beparvoligi sabab kinostudiyani sudga bergan va jarayonda yutib chiqqan. Ammo Lini bilmasdan otib qo‘ygan aktyor Maykl Massiga qarshi hech qanday ayblov ilgari surilmagan. Shunday bo‘lsa-da, u ruhiy tushkunlik oqibatida 10 yilgacha filmlarda rol ijro etmagan.

    Merilin Monro — “Nimadir sodir bo‘lishi kerak”

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Ushbu komediyani suratga olish paytida aktrisa o‘zining 36 yoshini nishonlagan. 1962-yil 1-iyun uning so‘nggi bor suratga tushgan kuni bo‘lgan. Keyinchalik u o‘zini yomon his qilgani tufayli suratga olish maydonida qaytib ko‘rinmagan. 4-avgust kuni esa uni qo‘lida telefon go‘shagini ushlagan ko‘yi o‘lgan holda topishgan. Rasmiy o‘lim sababi haddan tashqari dozadagi uyqu dorisi deb topilgan. Norasmiy tarzda esa o‘z joniga qasd qilish yoki qotillik.

    Filmni yakunlashning iloji bo‘lmagan va “Men qaytib keldim, azizim” nomi ostida yangi aktyorlar va rejissyor jamoasi bilan suratga olingan. Ammo Monro ijro etgan  to‘qqiz soatlik kadr 37 daqiqalik ko‘rinishga keltirilib, ilk marta 2001-yil 1-iyun — aktrisaning 75 yoshga to‘lgan kunida namoyish etilgan.

    Mavzuga doir: 

    • Gollivud yulduzlarining qamoqxonada olingan suratlari (foto)
    • Gollivudning “Oskar” mukofotiga loyiq ekaniga qaramay, uni qo‘lga kiritmagan yulduzlari (foto)
    • Ashaddiy muxlislari ta’qibiga uchragan mashhurlar (foto)
    • Jonni Depp, Jim Kerri, shahzoda Charlz va rasm chizish qobiliyatiga ega boshqa mashhurlar (foto)

    19.04.2021, 13:41   Izoh (0)   63082
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sogdiana O‘zbekistondagi konserti uchun unga hech qanday tushuntirishsiz litsenziya berish rad etilgani haqida so‘zlab berdi (video)

    19.04.2021, 10:59

    Karyerasini modellikdan boshlagan mashhur aktrisalar (foto)

    19.04.2021, 09:44

    Instagram: Turmush o‘rtog‘i bilan yarashgan Kamila Gimandinova, Munisa Rizayevaning onasi uning xeyterlariga yuzlandi, Mirza Azizov o‘qigan she’r qalblarni titratm...

    18.04.2021, 22:16

    Rossiya estradasi primadonnasi Alla Pugachyovaning tug‘ilgan kunida uning 8 yoshli qizi “Millionta qizil atirgul” qo‘shig‘ini fransuz tilida kuyladi (video)

    18.04.2021, 20:56

    Oltin qafasdagi hayot: Keyt Middlton qilishi mumkin bo‘lmagan 10 narsa

    18.04.2021, 18:54

    Instagram: Sherali Jo‘rayevning qiyofadoshi topildi, Dubaydagi osmono‘par binodan sakragan tiktoker, Ozoda Nursaidovaning farzandi bormi?

    17.04.2021, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.