So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni yanada osonlashtirishimiz kerak” — Sherzod Shermatov

    25.11.2021, 11:58 11398

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

    Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Ma’lum qilinishicha, Sherzod Shermatov markaz faoliyati va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, markaz mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishga,  shuningdek, unga yaqin kelajakda ishga tushurilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan. Ularning har biri bo‘yicha alohida muhokama qilinib, mavjud muammolar yechimi ko‘rib chiqilgan.

    Yaqin kelajakda amalga oshirilayotgan loyihalar qatorida mobil telefon raqamlarini ko‘chirish tizimi loyihasi ham bor.

    “IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini iste’molchilar uchun yanada osonlashtirish yo‘llarini topishimiz va unga ko‘ra, fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun barcha choralarni ko‘rish zarur”, ­— deydi AKT vaziri.

    Taqdimotda soha rahbarlari o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, bu boradagi mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish va hal etish uchun zarurligini ham ta’kidlagan.

    Ma’lumot uchun, 3-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan prezident farmoni asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov lavozimidan ozod etilgandi. 18-noyabr kuni esa Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi mobil telefonlar maxsus IMEI kodi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi tartibi 2019-yil 1-apreldan joriy etilgan. 2020-yil 22-sentabr kuni mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi ma’muriyati tomonidan mobil qurilmalarni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga o‘zgartirish kiritilgan, unga ko‘ra, qurilmaning IMEI kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakligi belgilangandi. Qator OAV va blogerlar mazkur o‘zgarish qonunga zid ravishda amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

    Mavzuga doir:

    • “Jinoiy guruh tarkibida amaldorlar ham, farroshlar ham bor”. IIV vakili Andijonda IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda kuzatilgan noqonuniy holat haqida
    • “Buni o‘ylab topganlar islohotlarning dushmani”. Bloger UzIMEI korrupsiya uchun o‘ylab topilgani haqida

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 43 yoshida vafot etdi

    Bugun, 15:25

    Toshkentda 15 yoshli qiz vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini ma’lum qildi

    Bugun, 15:15

    Osiyo o‘yinlari. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taypeyini yengib, yarim finalga yo‘l oldi

    Bugun, 15:07

    Zelenskiy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro alyans tuzilganini e’lon qildi

    Bugun, 14:55

    Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlashda harbiy prokurorlarning nazorati kuchaytiriladi

    Bugun, 14:23

    Xitoy hukumati dezinformatsiya va senzuraga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 13:42

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    “Qo‘rg‘on sirlari”: turk melodramasi bosh qahramonlarini o‘ynagan aktyorlarning shaxsiy hayoti qanday kechdi?

    13:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.