Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Telegram davlat rahbarlari, boshqa davlat amaldorlari va idoralarining kanallarida reklamalarni chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer foydalanuvchisiga Durov’s Chat guruhida ma’lum qildi.

“Bu vaqtinchalik edi, biz hukumat amaldorlari va davlat idoralari kanallarini reklama platformasidan chiqarib tashlaymiz”, – dedi Durov’s Chat administratori (shaxsan Durov bo‘lganmi yoki yo‘qmi noma’lum) foydalanuvchilardan birining siyosatchilar va davlat idoralarining kanallarida reklama haqidagi savoliga javoban.

Ma’lumot uchun, oktabr oyida Pavel Durov tez orada Telegram’da rasmiy reklama paydo bo‘lishini ma’lum qilgandi. Messenjerdagi kanallarda noyabr oyining boshida reklamalarni sinovdan o‘tkazish boshlandi.

Rasmiy Telegram reklamasining ishga tushirilishi tanqidlarga sabab bo‘ldi, jumladan Telegram kanallari egalari ham o‘z kanalida paydo bo‘ladigan reklamalarni na boshqara oladi, na ko‘ra oladi.

Telegram kanallarda reklama chiqarishni boshlagandan so‘ng ikki kun o‘tib Durov “arzon obuna” evaziga reklamalardan xalos bo‘lish mumkinligi haqida xabar qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Temur ham, Bobur ham Hindistonni aql bilan olgandi”. Twitter foydalanuvchilari shaxmat Olimpiadasidagi g‘alaba haqida
Dunyo
AQSH armiyasi yollanma askarlar tanqisligiga duch kelmoqda — Bloomberg
Madaniyat
Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova