• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Rossiya jamoasi Dota 2 bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqib, 18 mln dollarni qo‘lga kiritdi. Nima? 18 mln?! Qayerdan shuncha pul?

    Rossiyaning Team Spirit jamoasi Dota 2 bo‘yicha yubiley jahon chempionati — The International 10 da g‘olib chiqdi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 40 million dollar edi, g‘oliblar shuning 18 million dollardan ko‘prog‘ini qo‘lga kiritdi. Jamoani ushbu g‘alaba bilan hatto Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham tabrikladi (qiziq, Putin umrida biror marta bo‘lsa ham “Dota” o‘ynaganmikin?). Meduza nashri ushbu g‘alaba haqidagi asosiy (va biroz uyatli) savollarga javoblarni taqdim etdi.

    Foto: Valve / Meduza

    Boshidan boshlaylik: Dota 2 nima edi o‘zi?

    Bu — Valve kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan jamoaviy o‘yin. Uning asosida shaxmatdagi kabi prinsiplar yotadi: murakkablik, xilma-xil taktikalar va chuqur o‘ylangan strategiyalar. Hatto maqsad ham o‘xshash — taxtni sindirish (shaxmatda — shohni mot qilish kabi). Faqat, shaxmatdan farqli ravishda, Dota 2 da bu ishni donalar (figuralar) emas, virtual qahramonlar amalga oshiradi — hozirda Dota 2 da 121 ta personaj bo‘lib, ularning bari boshqasi takrorlay olmaydigan biror qobiliyatga ega.

    Hammasi qanday kechadi? O‘yin boshlanishidan avval har birida besh kishi bo‘lgan ikki jamoa o‘yin rejasidan kelib chiqqan holda o‘ziga qahramonlar tanlab oladi. Shundan so‘ng ular xaritaning ikki chekkasida joylashgan o‘z bazalarida paydo bo‘ladi. Bir tomonda — yorug‘lik kuchlari, boshqa tomonda — zulmat kuchlari. Baza markazida taxt joylashgan, uni ikkita himoya minorasi o‘rab turadi. Taxtdan uchta yo‘l (chiziq) chiqqan bo‘lib, ular bo‘ylab vazifasi shaxmatdagi piyodaga o‘xshab ketadigan qilichbardorlar va sehrgarlar mustaqil harakatlanib yuradi. Har bir yo‘l bo‘yicha taxtgacha bo‘lgan masofani uchta minora va ikkita kazarma qo‘riqlaydi — raqiblardan birortasi kazarmalarni yo‘q qila olsa, qo‘shimcha qilichbardor va sehrgarga ega bo‘lishdek ustunlikni qo‘lga kiritadi.

    Lekin bu hali hammasi emas. Yo‘llar orasida betaraf mavjudotlar joylashgan makonlar bor. Bu mavjudotlarni o‘ldirish, xuddi dushman “piyodalari” (qilichbardorlar va sehrgarlar)ni o‘ldirgandagi kabi, oltin va tajriba (so‘nggi yillarda esa — bularga qo‘shimcha ravishda — sotib bo‘lmaydigan, lekin juda muhim bo‘lgan artefaktlarni) keltiradi. Qahramonlar tangalar evaziga yangi ekipirovka sotib oladi, tajriba esa personajlarga yangi daraja olish va qobiliyatni ochish yoki mavjud qobiliyatlardan birini yanada yaxshilash imkonini beradi. Bularning bari kuchli bo‘lish, raqib mudofaasini yo‘q qilish va taxtni buzish uchun zarur.

    Agar qo‘pol tushuntiriladigan bo‘lsa va o‘nlab alohida e’tibor talab qiladigan holatlarni hisobga olmasa (yuqorida faqat eng asosiy jihatlar qayd etildi), o‘yinning bor-yo‘q ma’nosi shu. Dota 2 — aqlbovar qilmas darajada kompleks o‘yin; unda biror natijaga erishish uchun nafaqat ishtirokchilarning hamjihatlikdagi harakati, balki u yoki bu qarorni qabul qilishda yuzlab mayda jihatlarni ham e’tiborga olish lozim.

    Yaxshi, unda The International degani nimasi?

    Dota 2 bo‘yicha jahon chempionatining tashkilotchilari musobaqaga shunday nom bergan. Tashkilotchilar odatda bu musobaqani jahon chempionati deb emas, balki o‘zlari va o‘yinchilar hamjamiyati uchun tanishroq va odatiyroq bo‘lgan nom bilan — The International yoki qisqacha TI deb ataydi.

    “Dota” bo‘yicha Leypsigda bo‘lib o‘tgan musobaqadan lavha. 2020-yil, yanvar.

    “Dota” bo‘yicha Leypsigda bo‘lib o‘tgan musobaqadan lavha. 2020-yil, yanvar.
    Foto: Getty Images / Meduza

    2019-yilga qadar chempionat har yili bir marta o‘tkazilardi. Koronavirus pandemiyasi sababli Valve musobaqa formatini qayta ko‘rib chiqib, muddatlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. O‘ninchi — yubiley The International chempionati 7—17-oktabr kunlari Buxarestda bo‘lib o‘tdi. Unda Shimoliy Amerika, Yevropa, MDH, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Janubiy Amerikadan kelgan eng yaxshi 18 jamoa qatnashdi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 40 million dollarni tashkil etdi.

    40 million dollar?! Kibersportga shuncha pul qayerdan kelib qoldi? Axir bu bor-yo‘g‘i bir o‘yin-ku!

    Umuman olganda kibersportda pul unchalik ko‘p emas. Boshqa kibersport turlari bo‘yicha eng yuqori darajadagi musobaqalarda ham umumiy mukofot jamg‘armasi bundan bir necha barobar — hatto bir necha o‘n barobar — kam.

    Dota 2 bo‘yicha asosiy musobaqada mukofot jamg‘armasi o‘yinchilarning o‘z hisobidan shakllantiriladi. Valve kompaniyasi chempionat uchun bor-yo‘g‘i 1,6 million dollar ajratadi — bu birinchi The International’dan beri davom etib kelayotgan o‘zgarmas an’ana. Qolgan summa raqamli (virtual) buyumlar (masalan, o‘yin qahramonlari uchun liboslari bor sandiqlar) sotuvidan yig‘iladi. Sotuvdan tushgan pulning 25 foizi avtomatik ravishda mukofot jamg‘armasiga, 75 foizi esa Valve’ning o‘z hisobiga yo‘naltiriladi.

    Boshqa kibersport turlari bo‘yicha musobaqalarda ham ba’zan shunday amaliyot qo‘llaniladi. Biroq ko‘pincha kompaniyalar tizimni Valve kabi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ya olmaydi. Shu bois ular mukofot jamg‘armasini o‘zi, alohida shakllantirishga, joylardagi klublar uchun maqbul sharoitlarni yaratishga, homiylar izlashga va butun jarayonni nazorat qilib turishga majbur.

    Aytishlaricha, The International’da rossiyaliklar oltin olishibdi. Rostdan ham shunday bo‘ldimi?

    Yo‘q. Ba’zi OAVlar bu voqeani biroz xato talqin qildi. The International — Olimpiada emas, u yerda medallar yo‘q. Jahon chempionatidagi g‘oliblik uchun jamoa Dota 2 o‘yinining ramzlaridan biri — Ayegis (personajga ikkinchi umrni taqdim etuvchi buyum), shuningdek, pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

    Foto: Valve / Meduza

    Rossiyadagi kibersport jamoalaridan biri hisoblangan Team Spirit (uning tarkibida ukrainaliklar ham bor) haqiqatan ham musobaqada g‘olib chiqib, 18 million dollarni qo‘lga kiritdi. Kibersportchilarni ushbu g‘alaba bilan hatto Vladimir Putin ham tabrikladi.

    Bu qanaqa jamoa o‘zi? Rossiya termasimi?

    Yo‘q. Kibersport turlarida “terma jamoa”ni anglatuvchi shakllangan tushuncha yo‘q. Ko‘pchilik “terma jamoalar” o‘rtasida shunday musobaqalarni o‘tkazishga harakat qilgan, biroq, odatda, bunday turnirlar ko‘p tomoshabin va homiy jalb qila olmaydi. Homiylarga faqat jamoalarning brendi qiziq, chunki muxlislar — yoshlar auditoriyasi aynan mashhur jamoalar ortidan keladi. Bundan tashqari, kibersportdagi yirik klublar boshqa mamlakat fuqarosini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tortinib o‘tirmaydi.

    Team Spirit Rossiyada ro‘yxatga olingan va shu yerdan turib faoliyat olib boradi. Klub 2016-yildan beri mavjud. Tashkilotni Nikita Chukalin boshqaradi, ammo ularga kim homiylik qilayotgani noma’lum — jamoa rahbariyati bu kabi savollarga javob berishdan doimo qochadi va daromad manbalarini oshkor qilmaydi. Hozirda klub uchta tur — Dota 2, CS:GO va Hearthstone bo‘yicha musobaqalarda qatnashadi.

    Team Spirit’ning The International 10 da g‘olib chiqishi kutilmagan, taxmin ham qilinmagan edi. Tahlilchi va ekspertlar g‘oliblikni mutlaqo boshqa jamoalar — guruh bosqichida ham, pley-offda ham juda ishonchli qatnashgan Team Secret (Yevropa) yoki PSG.LGD (Xitoy) qo‘lga kiritishini prognoz qilgandi.

    Biroq murabbiylar shtabi, menejer va sardorning sharofati bilan jamoa diqqatini bir joyga jamlab, jahonning eng eng kuchli tarkiblarini, jumladan, ikki karra chempion OG’ni ham birin-ketin mag‘lub etdi. Strategiyalar xilma-xilligi, nostandart taktik yondashuv va dadillik Ilya Yatoro Mulyarchuk (18), Aleksandr TORONTOTOKYO Xertek (20 yosh), Magomed Collapse Xalilov (19 yosh), Miroslav Mira Kolpakov (21 yosh) va Yaroslav Miposhka Naydyonov (23 yosh)ga jahon chempioni bo‘lish va 18 million dollarning egasiga aylanish imkonini berdi.

    Rossiyadagi boshqa jamoalar ham shunaqa kuchlimi?

    Bunda gap qaysi, qanday musobaqalar haqida borayotganiga e’tibor berish kerak. Dota 2 haqida to‘xtaladigan bo‘linsa, “MDH-region” (o‘yin sanoatida sobiq SSSR mamlakatlari umumiy shu nom bilan ataladi) bu kabi e’tiborga molik g‘alabaga 10 yil avval erishgan edi — o‘shanda Ukrainaning Na’Vi jamoasi birinchi The International’da g‘olib chiqqan. Dota 2 bo‘yicha so‘nggi yillarda o‘tkazilgan chempionatlarda Rossiyaning Virtus.pro jamoasi ham yaxshigina porlagan, biroq The International’da beshinchi-oltinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmagan.

    Counter-Strike: Global Offensive’da Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va MDHning boshqa mamlakatlaridan iqtidorli o‘yinchilar va jamoalar juda ko‘p. Hozirda HLTV talqini bo‘yicha jahon reytingida Natus Vincere jamoasi birinchi, AS Monaco Gambit esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Yuqorida tilga olingan Team Spirit, Virtus.pro va forZe esa jahon bo‘yicha yetakchi 20 jamoa qatoriga kiradi. MDHning boshqa mamlakatlaridagi jamoalar ham ko‘plab kibersport turlari bo‘yicha musobaqalarda qatnashadi va ba’zilari yaxshi natijalarga ega.

    Agar umuman sanoat haqida fikr bildiriladigan bo‘lsa, klublar va ixtisoslashgan kompaniyalar bugungi kunda qanday ahvoldaligiga — ular qanchalik foyda ko‘rib faoliyat ko‘rsatayotgani va qancha pul ishlab topayotganiga baho berish oson emas. Bunga sabablar ham yetarlicha. Masalan, jamoalar homiylik shartnomalari shartlari haqida ham, o‘yinchilarga qancha maosh to‘lashlari haqida ham kamdan-kam ma’lumot beradi.

    20.10.2021, 07:07   Izoh (0)   34670
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Apple yangi MacBook Pro noutbuklarini taqdim etdi (video)

    19.10.2021, 16:47

    Huawei isitish funksiyasiga ega “aqlli” sharfni taqdim etdi

    15.10.2021, 13:59

    Xitoyda raqsga tushayotgan buvilarni “o‘chirish”ga mo‘ljallangan pultlar ommaviy ravishda xarid qilinmoqda

    09.10.2021, 10:46

    Arqon bo‘ylab yurish va uchishga qodir Leonardo roboti namoyish etildi (video)

    08.10.2021, 17:56

    Xitoyda uchuvchisiz uchish apparatining parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

    07.10.2021, 09:35

    Boston Dynamics roboti “oy yurishi”ni namoyish etdi (video)

    04.10.2021, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.