• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Avtomobillar va gadjetlar nega o‘z vaqtida yetkazib berilmayapti? Chiplar tanqisligi qanday paydo bo‘lgani va elektron sanoatga qanchalik xavf solayotganini tushuntiramiz

    Pandemiya vaqtida smartfonlar, noutbuklar, kompyuterlar, “aqlli” televizorlar, avtomobillar va internetga ulanuvchi boshqa qurilmalarga bo‘lgan talab o‘sa boshladi. Bunday gadjetlarning bari chip yordamida ishlaydi, chiplar esa qurilmaning “miyasi” hisoblanadi. Muammo shundaki, ishlab chiqaruvchilar ortib borayotgan talabni qondira olmayapti. Mikrosxemalarni ishlab chiqarishga boshqa faktorlar ham ta’sir ko‘rsatmoqda. “RBK Trendlar” yarimo‘tkazgichlar defitsitiga nima sabab bo‘lgani va u qachon yakunlanishi mumkinligi haqida material tayyorladi.

    Foto: “Xabr”

    Bozordagi vaziyat

    Ayni vaqtda yarimo‘tkazgichlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilik Tayvanning Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) va Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyalariga tegishli. TSMC bozorning 54 foizini egallagan bo‘lsa, Samsung’da bu ko‘rsatkich 17 foizni tashkil etadi.

    Yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchi top-10 kompaniya va ularning bozordagi ulushi.

    Yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchi top-10 kompaniya va ularning bozordagi ulushi.
    Foto: Statista

    TrendForce tahlilchilari mikrosxemalarga dunyo bo‘yicha talab taklifdan 10-30 foizga yuqori bo‘layotganini aniqladi. Susquehanna Financial Group ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilning dastlabki to‘rt oyida yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilari buyurtmalarni bajarishdan keskin ortda qola boshladi. Katta kompaniyalar mikrosxemalarni 17 haftagacha kutishiga to‘g‘ri kelmoqda. Kichikroq kompaniyalar esa bir yilgacha kutishi yoki loyihadan butunlay voz kechishga majbur bo‘lmoqda. Bir vaqtning o‘zida elektronika mahsulotlarining narxi o‘sishda davom etmoqda.

    Shu bilan birga, 2021-yilning ikkinchi choragidan boshlab yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilarining 30 dan ortig‘i o‘z mahsulotlari tannarxini 10 foizdan 30 foizgacha ko‘tardi. Ushbu kompaniyalar orasida UMC, SMIC va Power Semiconductor Manufacturing bor. Ayrim mahsulotlarning narxi 10 barobarga ko‘tarildi.

    TSMC o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini o‘zgartirdi. Kompaniya birinchi navbatda Apple uchun protsessorlar va avtokompaniyalar uchun chiplar ishlab chiqarmoqchi. Boshqa mijozlar, jumladan, Intel, Qualcomm, Google va Xilinx buyurtma qilingan mikrosxemalarni ko‘proq kutishiga to‘g‘ri keladi.

    Apple 2020-yil oxirida o‘zining M1 chiplarini ommaviy ishlab chiqarish uchun TSMC’ning 80 foiz quvvatini sotib oldi. Qolgan smartfon ishlab chiqaruvchilari esa chiplarning global defitsiti oldida g‘aflatda qoldi. Samsung kompaniyasi Galaxy Note’ning yangi lineykasi smartfonlarini ishlab chiqarish 2021-yilda amalga oshmasligi mumkinligi haqida bahordayoq ogohlantirib qo‘ydi.

    Chiplar yetishmovchiligi avtomobil ishlab chiqaruvchilarining ishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Dunyoning yirik avtokonsernlari 2021-yilning boshida mashina ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni pasaytirish bo‘yicha bayonot berdi. Muammo Nissan, Honda, Ford, Fiat Chrysler, Volkswagen, Suzuki, Subaru va boshqa avtokompaniyalarda vujudga keldi. Hatto “AvtoVAZ” Lada Vesta, Lada Xray va Lada Largus avtomobillarini magnitolasiz ishlab chiqara boshladi. UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarning ayrim pozitsiyalarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi, mashinalarni yetkazib berish 6-9 oygacha cho‘zilib ketmoqda. Butun dunyo bo‘yicha avtomobil ishlab chiqaruvchilari 2021-yilda 110 milliard dollardan ortiq daromaddan quruq qolmoqda.

    CALCE tadqiqot markazining kontrafakt elektronika mahsulotlari tadqiqotchisi Diganta Dasga ko‘ra, defitsit tufayli kontrafakt yarimo‘tkazgichlarni yetkazib berish ortadi. Muammo chiplarni ishlar chiqaruvchilarning o‘zidan sotib oladigan texnologik gigantlarga emas, yetkazib berish zanjiri ancha murakkab bo‘lgan kichik ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko‘rsatadi. Buning xavfli tomoni shundaki, elektronika ishlab chiqaruvchi ko‘plab kichik kompaniyalar sog‘liqni saqlash, mudofaa va ta’lim sohalari ishi bilan shug‘ullanadi.

    Defitsit qachon tugaydi?

    Aprel oyida Nvidia korporatsiyasining moliyaviy direktori Kolett Kress mikrosxemalar yetishmovchiligi yil oxirigacha kuzatilishini prognoz qilgandi. O‘sha vaqtda TSMC 2021-yilning uchinchi choragidan boshlab avtomobil sanoati uchun yarimo‘tkazgichlarning tanqisligi kamayib borishini, ammo defitsit 2022-yilda ham saqlanib qolishini bashorat qilgandi. Kompaniya ishlab chiqaruvchilar xarajatlarni oshirishi, yangi zavodlarni ishga tushirishi va takomillashish bo‘yicha rejalarini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi deb hisoblaydi.

    TSMC’ning Nankindagi zavodi.

    TSMC’ning Nankindagi zavodi.
    Foto: TSMC

    Intel prognozlariga ko‘ra, mikrosxemalar tanqisligi 2022-yildan keyin ham saqlanib qoladi. Shu sababli kompaniya vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li yangi zavodlar qurilishi deb hisoblamoqda. Intel direktori Pet Gelsinjer chiplar yetishmovchiligi kuchayib borishiga ishonmoqda. “Mikrosxemalar sanoati talab va taklifning sog‘lom muvozanatiga 2023-yilgacha qaytadi deb o‘ylamayman”, — dedi u.

    Yashirin sabablar

    Koronavirus pandemiyasi yarimo‘tkazgichlar defitsiti kuchayishining asosiy faktorlaridan biri deb aytilmoqda. U noutbuklar, o‘yin pristavkalari, uy uchun va masofadan turib ishlashga mo‘ljallangan texnikalarga bo‘lgan talabni “osmon qadar ko‘tarib yubordi”. Shu bilan birga lokdaunlar tufayli logistika murakkablashdi va qimmatladi. Resilinc platformasi hisob-kitobiga ko‘ra, 2020-yilda dunyo bo‘yicha yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar 67 foizga o‘sgan.

    Soha o‘yinchilari pozitsiyasiga AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 2020-yilda pandemiya avjiga chiqqan paytda Qo‘shma Shtatlar TSMC’ga Huawei uchun chiplar yetkazib berishni taqiqladi. Shundan so‘ng xitoylik ishlab chiqaruvchilar mikrosxemalarni g‘amlashni boshladi. Keyinroq Xitoyning yetakchi chipmeykeri Semiconductor Manufacturing International Corporation (SMIC) sanksiyaga tushdi. Amerikalik investorlarga kompaniya aksiyalari bilan savdo qilish taqiqlandi. 2021-yil bahorida bir qancha kongressmenlar zamonaviy yarimo‘tkazgichlarni ishlab chiqarish uchun har qanday dasturiy ta’minotni Xitoyga sotishni taqiqlashni talab qildi. Shu tariqa, Xitoy mikrosxemalar ishlab chiqarishni rivojlantirishni istasa ham, kerakli texnologiyasiz qolishi mumkin.

    Shuningdek, ayrim ko‘rinmas sabablar ham bor. Intel direktori Pet Gelsinjer Osiyo kompaniyalarining yetakchiligi ham taklifga ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha mikrosxemalarning 80 foizi Osiyoda ishlab chiqariladi. Bozorga chip yetkazib beruvchi ko‘plab kompaniyalar ularni o‘zi ishlab chiqarmaydi, faqatgina texnologiyaga egalik qiladi. Bular Broadcom, Qualcomm, Nvidia va boshqalar. Ular hozir mikrochip ishlab chiqarishni noldan yo‘lga qo‘ya olmaydi, chunki bunga vaqt va resurs talab etiladi.

    Ishlab chiqarish hajmiga iqlim ham ta’sir etmoqda. Tayvandagi ekologik inqiroz TSMC fabrikasining suvsiz qolishi va chip ishlab chiqarishning qiyinlashishiga olib keldi. Orolda 56 yil ichidagi eng kuchli qurg‘oqchilik kuzatildi. May oyida TSMC fabrikasi rezervuarlarida suv 11-23 foizga to‘lgandi, xolos. Texasda esa fevral oyida kuchli qor yog‘ishi ortidan yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda elektr uzilishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi.

    Yarimo‘tkazgichlarni ishlab chiqarish sikliga bir qator texnogen hodisalar ham ta’sir ko‘rsatdi. 2021-yilning martida Yaponiyaning Ibaraki prefekturasida Renesas kompaniyasining kremniyli plastina ishlab chiqaruvchi korxonasida yong‘in yuz berdi. Bu Yaponiyadagi 6 ta korxonadan bittasi va avtoelektronika ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi o‘rindagi kompaniyadir. Renesas mikrosxemalar tayyorlash uchun kremniyli plastinalar ishlab chiqaradi. Korxona ishni to‘liq qayta tiklashi uchun uch oy kerak bo‘ldi.

    Renesas korxonasida yuz bergan yong‘in oqibatlari.

    Renesas korxonasida yuz bergan yong‘in oqibatlari.
    Foto: Nikkei

    Iyun oyida Xitoyning Shixetszi shahrida Xinjiang West Hesheng Silicon Industry Co., Ltd kompaniyasining sanoat zonasi yonib ketdi. Bu kompaniya kremniylari quyosh batareyalari yuzasi uchun ishlatiladi, qayta ishlovdan so‘ng kremniyli plastinalar mikroelektronika mahsulotlari uchun foydalaniladi.

    Shuningdek, yarimo‘tkazgichlar sohasiga kremniyning global miqyosda yetishmovchiligi ham ta’sir o‘tkazdi. Mikrosxemalarning o‘zi polikristalli kremniydan tayyorlangan plastinalarga tushiriladi. Calibre Research hisobotiga ko‘ra, kremniy narxi 2027-yilgacha ko‘tarilib boraveradi.

    Muammodan chiqish yo‘li

    AQSh rasmiylari TSMC rahbariyati bilan Arizonada chip ishlab chiqarish uchun yangi liniyalarni qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Fabrika avtomobilsozlik va boshqa sohalar ehtiyoji uchun oyiga zamonaviy 5 nanometrli chiplardan 20 mingta ishlab chiqaradi. Kompaniya ishlab chiqarishni kengaytirish uchun jami 100 milliard dollar ajratdi. Bu summaning asosiy qismi AQShda 6 ta zavod qurilishiga sarflanadi. Birinchi kompleksni qurish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

    Bundan tashqari, AQSh senati mahalliy yarimo‘tkazgichlar sanoatini subsidiyalash uchun besh yilga 52 milliard dollar ajratishni ma’qulladi.

    TSMC va Sony Group Yaponiyada zavod qurish uchun 9,2 milliard dollar ajratadi. Bu mamlakatdagi birinchi 20 nanometrli mikrosxemalarni ishlab chiqaruvchi zavod bo‘ladi. Zavod qurilishi yil oxirigacha tugashi kutilmoqda.

    Xitoy elektronika tarmog‘ida boshqa mamlakatlarga qaramlikni kamaytirish uchun Made in China dasturi doirasida 2025-yilgacha Alibaba Group, Huawei Technologies Co. Ltd, SenseTime Group Ltd. va boshqa yuqori texnologiyali kompaniyalarning ishlanmalari uchun 1,4 trillion dollar investitsiya kiritadi. Bundan tashqari, Xitoy TSMC’ning muhandislarini kattaroq oylik va’da qilib, o‘ziga og‘dirib olishga harakat qilmoqda. TSMC 2021-yil bahorida uskuna yetkazib beruvchilarga kompaniyaning texnologik yechimlarini xitoylik hamkorlar bilan bo‘lishishni taqiqladi. Tayvan hukumati esa Xitoy kompaniyalarining bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi e’lonlarini o‘chirishga buyruq berdi.

    Janubiy Koreya hukumati yarimo‘tkazgichlar sohasini rivojlantirish uchun 10 yil ichida 450 milliard dollar yo‘naltirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Davlat o‘z chiplarini ishlab chiqarishni rivojlantirmoqchi, shuningdek, soliqlarni kamaytirish va soliq imtiyozlari berish orqali mikrosxemalar ishlab chiqaruvchilari hamda yetkazib beruvchilarini qo‘llab-quvvatlamoqchi. Samsung o‘z investitsiyasini 151 milliard dollargacha kengaytirdi va talabni qondirish darajasiga 2030-yilda yeta olishiga umid qilmoqda.

    Kremniyli plastinalarga tushirilgan mikrosxemalar.

    Kremniyli plastinalarga tushirilgan mikrosxemalar.
    Foto: Techspot

    Intel avtomobil sanoati uchun chip ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan muzokara olib bormoqda. Ularga 6-9 oy ichida ishlab chiqarishni Intel’ning zavodlariga ko‘chirish taklif qilinmoqda. Oregon, Arizona, Nyu-Meksiko, Isroil yoki Irlandiyadagi zavodlarga mikrosxemalar ishlab chiqarilishi ko‘chirilishi mumkin.

    Shuningdek, Intel tashqi mijozlar uchun o‘z fabrikasini ochishi hamda AQSh va Yevropada zavodlarini qurishini ma’lum qildi. Intel Foundry Services ishlab chiqarish bo‘linmasi boshqa kompaniyalarning buyurtmalarini bajaradi. Ular Apple, Nvidia va boshqa kompaniyalarning arxitekturasi va dizayni bo‘yicha mikrosxemalarni tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.

    22.11.2021, 14:33   Izoh (0)   44388
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram foydalanuvchilar uchun qator yangi funksiyalarni ishga tushirmoqda

    20.10.2021, 18:55

    Rossiya jamoasi Dota 2 bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqib, 18 mln dollarni qo‘lga kiritdi. Nima? 18 mln?! Qayerdan shuncha pul?

    20.10.2021, 07:07

    Apple yangi MacBook Pro noutbuklarini taqdim etdi (video)

    19.10.2021, 16:47

    Huawei isitish funksiyasiga ega “aqlli” sharfni taqdim etdi

    15.10.2021, 13:59

    Xitoyda raqsga tushayotgan buvilarni “o‘chirish”ga mo‘ljallangan pultlar ommaviy ravishda xarid qilinmoqda

    09.10.2021, 10:46

    Arqon bo‘ylab yurish va uchishga qodir Leonardo roboti namoyish etildi (video)

    08.10.2021, 17:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.