So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -0°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda tarkibida xavfli zararkunandalar aniqlangani sababli 775 tonna kartoshka yo‘q qilindi

    21.11.2021, 21:14 50653

    O‘zbekistonda 2021-yilning 25-sentabridan boshlab Eron va Pokistondan olib kirilayotgan kartoshkalarda karantin ahamiyatiga ega o‘ta xavfli zararli organizmlar — oltinrang va nimrang nematodalar bilan zararlanish holatlari tizimli ravishda aniqlanmoqda. Bu haqda 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot kotibi Sabina Sadinova ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston har yili Rossiya, Qozog‘iston, Pokiston, Eron va Qirg‘izistondan 400 ming tonnaga yaqin kartoshka import qiladi. 2021-yilning avgust oyidan bugungi kunga qadar respublika hududiga 110 ming tonna kartoshka olib kirilgan bo‘lib, shundan 104 ming tonna mahsulotga fitosanitar talablarga muvofiqligi to‘g‘risida sertifikatlar taqdim etilgan.

    Shu bilan birga, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan xavfli nematodalar aniqlangan kartoshka mahsulotining 3 525 tonnasi (3,2 foizi) tezkor ravishda eksportyor davlatga qaytarilgan. 775 tonna mahsulotni esa (0,7 foizi) tadbirkorlik subyektlari tomonidan qaytarish imkoniyati yo‘qligi tufayli maxsus obyektlarda yo‘q qilingan.

    O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga binoan agentlik tomonidan Eron va Pokistonga O‘zbekiston fitosanitariya talablarining buzilishi holatlari yuzasidan e’tiroznomalar yuborilgan. Pokiston barcha kasallik aniqlangan yuklarning fitosanitar sertifikatlarini o‘rganib chiqib, ularning qalbakilashtirilganini aniqlagan.

    Xususan, Pokistondan olib kelinayotgan kartoshkalar Afg‘oniston hududida qayta taqsimlanib, boshqa davlatlarda yetishtirilgan kartoshka bilan aralashtirilayotgani, mazkur kartoshka iste’mol uchun emas balki ozuqa-yem sifatida foydalaniladigan kartoshka ekani to‘g‘risida ham xabarlar mavjud.

    Erondan import qilinayotgan kartoshkada nematodalar aniqlangani yuzasidan esa agentlik vakillari va mahalliy tadbirkorlardan iborat delegatsiya ushbu mamlakatga tashrif buyurib, Eron Karantin xizmati bilan muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuvlarda tomonlar ichki va tashqi karantin nazorati, laboratoriya tahlillari, zararsizlantirish usullari muhokama qilingan.

    Shuningdek, eksportga yo‘naltirilgan kartoshka yetishtiriladigan hududlarning fitosanitar holatini ko‘zdan kechirish va karantin obyektlaridan holi bo‘lgan kartoshka mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kirilishi uchun tadbirkorlarga ko‘maklashish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borilgan.

    Natijada tillarang nematodalardan holi bo‘lgan ekin maydonlaridan kartoshka yetkazish va fitosanitar xavfsizligi kafolatlangan ishlab chiqaruvchi kompaniyalar hamda importyorlar ro‘yxatini taqdim etilishiga kelishib olingan.

    Ma’lumot uchun, oltinrang va nimrang nematodalar kartoshka va boshqa turdagi poliz ekinlari hosildorligini yo‘qqa chiqaradi. Nematodalarga qarshi kurashishda samarali kimyoviy vositalar mavjud emas. Zararkunandalar tarqalgan hududlarda 30 yilgacha kartoshka va poliz ekinlarini yetishtirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, pomidor, baqlajon, bulg‘or qalampiri, kartoshka va boshqa mahsulotlarni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga eksport qilish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelib, cheklovlar joriy etilishi ehtimoli yuqori.

    Xalqaro ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, nematodalarning qishloq xo‘jaligi ekinlariga yillik zarari butun dunyo miqyosida 100 milliard dollardan oshmoqda.

    Ammo EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, agar Pokiston yoki Erondan kartoshka olib kirishga taqiq qo‘yilsa, ularning o‘rnini boshqa yirik yetkazib beruvchi mamlakatlar — Rossiya va Qozog‘iston bilan almashtirish qiyin bo‘ladi. Chunki, Rossiya va Qozog‘istonda ushbu mahsulot narxi tez o‘sib bormoqda.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda go‘sht va kartoshka mahsulotlari narxini arzonlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda yigit o‘z uyidan mashinani yashirincha olib qochgani aniqlandi (video)

    Bugun, 23:30

    AQSH Yaqin Sharqda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish bo‘yicha chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamadi

    Bugun, 23:15

    “Shu ishni o‘ziga kasb qilib olganlar ham bor” — Bandixon hokimi boqimandalik haqida

    Bugun, 23:05

    O‘zbekistonlik 400 nafar hamshira Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuboriladi

    Bugun, 23:00

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    Bugun, 22:45

    Portugaliya prezidenti hukumatni iste’foga chiqardi

    Bugun, 22:42

    Guterrish: “HAMASning shafqatsizligi barcha falastinliklarni jazolash uchun asos emas”

    Bugun, 22:30

    Yil boshidan buyon 94 nafar jurnalist o‘ldirildi, 400 ga yaqini qamoqda

    Bugun, 22:22

    Karlo Anchelotti 500 million yevro maosh uchun Saudiya klubiga o‘tishi mumkinligi haqida: “Men u yerga piyoda borgan bo‘lardim”

    Bugun, 22:13

    Qozog‘iston aholisi 20 millionga yetdi: bu mamlakatga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?

    Bugun, 21:50

    Tavsiya etamiz

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    “Zo‘rTV” jurnalisti va operatorini kaltaklagan zo‘ravonga hukm o‘qildi (video)

    17:00 / 06.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.