Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida 17-noyabr kuni qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqaro Q.K yashash xonadonida 3 nafar shaxsga qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib bergan. Qo‘lga olingan shaxslardan 32 dona o‘yin kartasi va 870 ming so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh (0)