Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazining bosh hisobchisi T.A. va boshqalar 741 million so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini talon-toroj qilingani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, T.A. va boshqalar 2019—2020-yillar va 2021-yilning 3 oyida markazda ishlamaydigan 15 nafar fuqarolarning nomiga ularning xabardorligisiz bank plastik kartalarini ochib, ushbu davrlarda ularga hisoblangan jami 741,4 million so‘mdan oshiq ish haqlarini plastik kartalarga tushirib, pullarni shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgan.

Shuningdek, markazning bosh hisobchisi jinoiy yo‘l bilan topilgan 741,4 million so‘mning kelib chiqish manbaini yashirish maqsadida ushbu pullarning 72 million so‘mini o‘zining nomiga Lada XRay avtomashinaga boshlang‘ich to‘lov sifatida o‘tkazib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat perinatal markazning bosh hisobchisi T.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda mansabdorlar obuna uchun o‘tkazilgan 192 million pulni talon-toroj qilgani, ular orasida tuman XTB xodimi ham borligi,  Buxoroda bandlik markazi mansabdorlari 134 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani, fuqarolar nomiga rasmiylashtirilgan 215 million so‘m mikroqarzni o‘zlashtirgan MChJ rahbari va bank xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Farg‘onada kommunal to‘lovlar uchun aholidan yig‘ilgan 123 million so‘mni talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda