Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatida 14–15-noyabr kunlari sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 nafar kishi vafot etdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

“Jiguli” yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib ketdi.

2021-yil 14-noyabr kuni soat 19:00 larda, Namangan shahar “Ishonch” MFY Yangiqo‘rg‘on ko‘chasida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro “VAZ-2106” avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan, Namangan tumanida yashagan, 1972-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 14-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalarini boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Chustda Matiz va Damas to‘qnashdi.

Foto: Namangan viloyati IIB

Foto: Namangan viloyati IIB

2021-yil 15-noyabr kuni soat 15:50 larda, Chust–Karkidon yo‘lining 3-kilometrida, Chust shahar “Bibiona” MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro Matiz avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Chust tumanida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Matiz haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan hamda Damas haydovchisi bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 15-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi