Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashining Yevropa mintaqasidagi bir qator o‘yinlari 14-noyabr, yakshanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Xorvatiya terma jamoasi o‘z uyida Rossiyani qabul qildi. Noqulay ob-havo sharoitida o‘tgan bahsda maydon egalari katta ustunlikka ega bo‘ldi. Biroq hisob o‘yinning so‘nggi daqiqalariga kelib ochildi. Rossiyaliklar himoyachisi Fyodor Kudryashov qanotdan uzatib berilgan to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi va bu gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin Xorvatiya ochkolarini 23 taga yetkazib olgan holda H guruhini birinchi o‘rinda yakunladi va Qatarda o‘tadigan mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Rossiya esa 22 ochko bilan ikkinchi pog‘onada qoldi. Valeriy Karpin jamoasi o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadi.

JCh—2022 saralashi

10-tur bahslari

14-noyabr, yakshanba

Xorvatiya – Rossiya 1:0

Gol: 1:0 – 81, avtogol Kudryashov.

Xorvatiya – Grbich, Lovren, Yuranovich (Brekalo, 75), Gvardiol, Sosa, Brozovich, Modrich, Perishich, Pashalich (Livaya, 75), Vlashich (Petkovich, 58), Kramarich (Stanishich, 86).

Rossiya – Safonov, Kudryashov, Jikiya, Diveyev, Karavayev, Fomin (Glebov, 80), Barinov, Bakayev (Mostovoy, 78), Golovin (Chistyakov, 57), Ionov (Zobnin, 57), Smolov (Zabolotniy, 57).

Ogohlantirishlar: Golovin (51), Smolov (55), Livaya (89).

Sloveniya – Kipr 2:1

Gollar: 1:0 – 48 Zays, 2:0 – 84 Gnezda-Cherin, 2:1 – 89 Kakouli.

Malta – Slovakiya 0:6

Gollar: 0:1 – 6 Rusnak, 0:2 – 7 Duda, 0:3 – 16 Rusnak, 0:4 – 69 Duda, 0:5 – 71 De Marko, 0:6 – 80 Duda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat