• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Terma jamoa ixtiyorini tark etgan Jasur Yaxshiboyev, Ronaldudan ko‘proq maosh olishni xohlayotgan Pogba, hamon do‘stlashib olmagan Messi va Ramos. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 11-noyabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Superliganing qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi

    Foto: “Nasaf”

    Foto: “Nasaf”

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turi qoldirilgan o‘yinida “Nasaf” safarda “Surxon” bilan bahs yuritdi. Umumiy hisobda to‘rtta gol urilgan o‘yinda qarshiliklar ikki to‘p farqi bilan oldinda borib, yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

    Ro‘ziqul Berdiyev va Ulug‘bek Baqoyev 2 o‘yinga chetlatildi

    O‘FA tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va bir qator qarorlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyev va Ulug‘bek Baqoyev 2 o‘yinga chetlatildi. “So‘g‘diyona” esa bitta uy o‘yinini tomoshabinlarsiz o‘tkazadi. Tartib-intizom qo‘mitasining qarori bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

    Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi JCh kelasi yilga qoldirilmoqda

    Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) dekabr oyida Turkiyada o‘tishi rejalashtirilgan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatini kelgusi yilga qoldirmoqda, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

    Qayd etilishicha, bunga sabab sifatida butun dunyoda yuzaga kelayotgan koronavirus pandemiyasining yana bir to‘lqini keltirilmoqda. Xalqaro tashkilot bu borada Turkiya milliy federatsiyasi bilan muzokara o‘tkazgani ma’lum qilingan.

    Istanbul shahri 6—19-dekabr kunlari ayollar o‘rtasidagi dunyo birinchiligini qabul qilishi kerak edi. Yangi kelishuvga ko‘ra, muddat kelasi yilning mart oyiga qoldirilmoqda.

    Jasurbek Yaxshiboyev va Hojiakbar Alijonov Gruziyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8-noyabrdan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

    Mazkur yig‘inga jarohat bilan kelgan Jasurbek Yaxshiboyev o‘zini noqulay his qilgan. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, uning Gruziyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.

    Shuningdek, Hojiakbar Alijonov ham jarohat sabab Gruziyaga bormaydi. Bungacha Rustam Ashurmatov, Shahboz Umarov va Doston Tursunov terma jamoa ixtiyorini tark etgandi.

    Jahon

    “PSJ” prezidenti Ramosning holatidan norozi

    Foto: “PSJ”

    Foto: “PSJ”

    “PSJ” prezidenti Nosir Al-Helayfi jarohati tufayli hali jamoada debyut o‘tkazmagan Serxio Ramosning holatidan norozi.

    L’Equipe xabariga ko‘ra, menejer 35 yoshli futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. U “PSJ” tibbiy shtabiga Ramos jarohatidan tuzalishi uchun juda ko‘p vaqt ketayotganidan shikoyat qilgan.

    Biroq Ramosning atrofidagilar tiklanish jarayoni yaxshi ketayotgani, klub va uning munosabatlari iliq ekanini ma’lum qilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Ramos yozda “Real”ni erkin agent sifatida tark etganidan beri hali “PSJ”da debyut qilgani yo‘q.

    Avvalroq uning umumiy mashg‘ulotlariga qaytgani haqida xabar berilgandi.

    Pogba Ronaldudan ko‘proq maosh olmoqchi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Yarim himoyachi Pol Pogba “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor.

    Manchester Evening News nashrining L’Equipe’ga tayanib xabar berishicha, 28 yoshli fransiyalik futbolchi klubda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishni istamoqda.

    Pogba haftasiga 500 ming funtdan ko‘proq maosh olmoqchi. Bu “Manchester Yunayted” va Angliya Premyer Ligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Krishtianu Ronaldunikidan ko‘proqdir.

    Jerrard — “Aston Villa” bosh murabbiyi

    Foto: “Aston Villa”

    Foto: “Aston Villa”

    Stiven Jerrard “Aston Villa” bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

    Kelishuv tafsilotlari rasman e’lon qilinmagan. Biroq avvalroq 41 yoshli mutaxassisning Birmingem klubi bilan 2,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolashi ma’lum qilingandi.

    Shuningdek, Jerrard “Aston Villa” tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylanishi aytilgandi.

    Mutaxassis bungacha “Reynjers”ni boshqarib, 2020/21-yilgi mavsumda jamoa bilan Shotlandiya chempioniga aylangandi.

    Ramos va Messi hamon do‘stlashib olmagan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “PSJ” futbolchilari Lionel Messi va Serxio Ramos hali do‘stlashishgani yo‘q, deb yozadi Marca.

    Ta’kidlanishicha, Ramos Parij klubining ko‘plab futbolchilari bilan tezda do‘stlashib olgan, biroq garchi yomon bo‘lmasa-da, Messi bilan bunday iliq munosabatlarga erisha olmagan.

    “Klasikolardagi 10 yillik qarama-qarshilikni shunchaki yo‘q qilib bo‘lmaydi”, — deydi vaziyatdan xabardor manba.

    Ramos 2005-yildan 2021-yilgacha “Real”da o‘ynagan bo‘lsa, Messi 2003—2021-yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan.

    Shuningdek, L’Equipe Ramosning “PSJ”dagi maoshini ham oshkor qildi. Unga ko‘ra, Serxio yiliga 6 million yevro miqdorida maosh oladi. Bu jamoadagi eng yuqori maoshlardan biri hisoblanadi. U yozda “Real”dan 12 million so‘ragandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    11.11.2021, 22:44   Izoh (0)   45555
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Ro‘ziqul Berdiyev va Ulug‘bek Baqoyev 2 o‘yinga chetlatildi, “So‘g‘diyona” bitta uy o‘yinini tomoshabinlarsiz o‘tkazadi

    11.11.2021, 18:14

    Superliga. “Nasaf” qoldirilgan tur o‘yinida ikki to‘p farqi bilan oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    11.11.2021, 17:19

    Ketma-ket 2-marta tengsiz deb topilgan Berdiyev, APLga qaytayotgan Jerrard, futbolchilarga ketchup va mayonezni taqiqlagan Konte. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    10.11.2021, 22:26

    “Real” o‘z stadionini ultrazamonaviy ko‘rinishga keltirmoqda. “Santyago Bernabeu” yilning 300 kunida sport o‘yinlari va tadbirlarni o‘tkaza oladigan bo‘ladi

    10.11.2021, 17:04

    Terma jamoaga chaqirilgan Messi, “Barselona”da yangi qoidalarni joriy qilgan Xavi, Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan Reshford. Eng so‘nggi sport yangi...

    09.11.2021, 21:42

    JCh—2021. Ikki yil avval tengsiz bo‘lgan O‘zbekiston boks delegatsiyasi Serbiyadagi musobaqada umumjamoa hisobida o‘nlikka ham kira olmadi

    09.11.2021, 17:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.