Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan 19-turida “Surxon” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 37-daqiqasida Andriya Kalujerovich qarshiliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Bahrom Abdurahimov mehmonlarning ikkinchi golini urdi. Bunga maydon egalari Nuriddin Hasanov va Abdulaziz Yusupovning gollari bilan javob qaytardi.
“Nasaf” ushbu natijadan keyin 41 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi, bitta zaxira o‘yiniga ega “ajdarlar” ikkinchi o‘rindagi “OKMK”dan 5 ochko ortda qolmoqda. “Surxon” esa 22 ochko bilan 10-pog‘onadan joy olgan.
Superliga
19-tur bahsi
11-noyabr, payshanba
“Surxon” — “Nasaf” 2:2
Gollar: 0:1 – 37 Andriya Kalujerovich, 0:2 – 51 Bahrom Abdurahimov, 1:2 – 58 Nuriddin Hasanov, 2:2 – 65 Abdulaziz Yusupov.“Surxon”: 12. Rustam Nartajiyev, 6. Alisher Salimov, 7. Islom Toshpo‘latov, 8. Jahongir Ahmadov, 11. Zohir Pirimov, 14. Jasur Xolto‘rayev, 19. Nuriddin Hasanov, 20. Husniddin G‘ofurov, 23. Abdulaziz Yusupov, 66. Behruz Shaydulov, 80. Nikita Pavlenko.
“Nasaf”: 1. Umidjon Ergashev, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Doniyor Narzullayev (20. Suhrob Nurulloyev, 81), 8. Dilshod Saitov, 18. Bahrom Abdurahimov (19. Husayn Norchayev, 81), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 99. Andriya Kalujerovich (50. Shohmalik Komilov, 81).
Ogohlantirishlar: Davronov (15), Salimov (27), G‘ofurov (69), Norchayev (89).